Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov telegram-kanalida videomurojaat joylaştirib, iste’foga çiqişi mumkinligi haqida avvalroq aytgan sözlaridan qaytganini ma’lum qildi. U özining «muddatsiz ta’tilga çiqişi haqidagi gaplarni töxtatiş»ga çaqirib, xalq va prezidentdan söramasdan öz lavozimini «şunçaki» tark eta olmasligini aytdi. Şuningdek, region rahbarligida uzoq vaqt qoliş borasida rekord örnatmoqçiligini qöşimça qildi.

Çeçeniston rahbarining aniqlik kiritişiça, uning «köp ötirib qolgani» va «ketiş vaqti kelgani» haqidagi oldingi bayonotidan maqsad odamlarning fikrini biliş bölgan. Qodirov öz lavozimida 15 yildan buyon qolmoqda, ammo muhokamalar jarayonida ma’lum bölişiça, u «lavozimda eng uzoq vaqt işlagan» gubernator sanalmaydi — oldingi rekord 27 yilni taşkil etgan (Belgorod oblastining sobiq gubernatori Yevgeniy Savçenko 1993 yildan 2020 yilgaça işlagan). Endi Qodirov bu natijani yangilamoqçi.

«Hozirgi rekordni yangilaşga qaror qildim. Köramiz, men bu körsatkiçdan öta olarmikinman. Aslida men şunçaki ketişga haqqim yöq. Xalq menga region rahbarligini işonib topşirgan. Va bu işonçni oqlaş — mening muqaddas burçimdir. Faqat xalq va Rossiya prezidentidan sörab ketişim mumkin. Şu tufayli muddatsiz ta’til haqidagi gaplarni kelajakka qoldiramiz», degan Ramzan Qodirov.

U «mamlakat Donbassda jahon satanizmiga qarşi kuraşayotgan mas’uliyatli palla»da qisqa muddatli ta’tilga ham çiqa olmasligini qöşimça qilgan.

  • 3 sentabr kuni Ramzan Qodirov videomurojaat qilib, Çeçeniston rahbarligida «uzoq vaqt qolib ketgani»ni va  «uzoq va muddatsiz ta’tilga munosibligi»ni aytgandi. «Öylaymanki, mening vaqtim ham keldi — özlari meni haydab solişmaslaridan», — deya qöşimça qilgandi u.
  • Kremldagilar bu bayonotga alohida e’tibor qaratmagandi. RF prezidenti ma’muriyatiga yaqin manba «Meduza»ga Qodirov Rosgvardiyada rahbarlik lavozimiga tayinlanişi mumkinligini xabar qilgandi.
  • Ramzan Qodirov Çeçenistonni 2007 yildan buyon boşqarib keladi, bu hozirda Rossiya regionlarining amaldagi rahbarlari orasida rekord körsatkiç hisoblanadi. U avval ham bir neça bor (2016 va 2017 yillarda) iste’foga çiqişi ehtimoli haqida gapirgan va RF rahbariyatining bu boradagi har qanday qaroriga rozi bölişini qayd etgandi.