Toşkentda Şanhay hamkorlik taşkiloti axborot xavfsizligi böyiça ilmiy-ekspert forumi boşlandi.
Tadbir prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligi hamda ŞHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qömitasi bilan hamkorlikda ötkazilmoqda.
Xorijiy iştirokçilarni onlayn ulaş orqali gibrid formatda taşkil etilayotgan axborot xavfsizligi masalalari böyiça muloqotda ŞHTga a’zo davlatlar tegişli vazirliklari, idoralari, ilmiy-akademik va tahliliy doiralari vakillaridan iborat 30 nafardan ziyod yetakçi ekspertlar jamlangan.
Iştirokçilar nufuzli tarkibi raqamlaştiriş sohasidagi sönggi tendensiyalar va yutuqlarni muhokama qiliş, ŞHT makonida inson huquqi va huquq ustuvorligini ta’minlaş şaroitida axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi tahdidlarga qarşi kuraşiş böyiça milliy tajribani taqdim etiş imkonini beradi.
Mazkur forumni ötkaziş taşabbusi prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2021 yil 17 sentabr kuni ŞHT Duşanbe sammitida ilgari surilgan edi.
Forum kun tartibi 3 mavzuga oid sessiyaga bölingan: axborotdan foydalaniş kölamini kengaytiriş – zamonaviy jamiyatni rivojlantiriş muhim omili; axboriy-ğoyaviy xatarlar va bunday tahdidlarga qarşi samarali javob çoralarini işlab çiqiş; AKT jadal rivojlanişi şaroitida nozik axborot infratizimi obektlarini himoya qiliş.












