Qömita xabariga köra, 2022 yilning dastlabki ikki oyida Özbekistonga 7 ta davlatdan qiymati 26,5 mln AQŞ dollariga teng bölgan 5,9 ming tonna qoramol göşti import qilingan.
Qayd etilişiça, qoramol göşti importi ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda qariyb 2 ming tonnaga oşgan.
2022 yil yanvar-fevral oylarida Özbekiston eng köp qoramol göştini import qilgan davlatlar quyidagilar bölib, umumiy qoramol göşti importi hajmining 93 foizi aynan ular hissasiga töğri kelgan:
- Belarus – 4 ming tonna;
- Qozoğiston – 1,2 ming tonna;
- Ukraina – 320 tonna.
Bundan oldin Özbekistonga 2021 yilda eng köp import göşt Belarusdan olib kelingani xabar berilgandi.












