Rossiya Yevropa ittifoqi va unga a’zo davlatlar Rossiya hududiga kirişi taqiqlangan institutlari vakillari röyxatini kengaytirdi. Çeklovlar, xususan, «Yevropa ittifoqining oliy harbiy rahbariyatiga, Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlar huquqni muhofaza qiliş organlarining yuqori martabali amaldorlariga, Ukrainaga harbiy mahsulotlar, qurol-yaroğ va harbiy texnikani yetkazib beriş bilan şuğullanuvçi Yevropa tijorat taşkilotlari vakillariga nisbatan qöllaniladi, deya ma’lum qildi 7 sentabr, çorşanba kuni Rossiya Taşqi işlar vazirligi.
Rossiya Taşqi işlar vazirligidan tegişli oğzaki nota YeIning Moskvadagi delegatsiyasiga topşirildi. Rossiya Taşqi işlar vazirligi röyxatning kengaytirilişini «Rossiya jismoniy va yuridik şaxslariga nisbatan muntazam çeklov çoralariga» javob deb atadi.
Ma’lum qilinişiça, «Yevropa ittifoqi Ukraina va Yevropada tinçlikka sarmoya kiritmoqçi emas, mojaroni çöziş çiziğini saqlab qolmoqda». Bundan taşqari, Moskva Yevropa ittifoqini «Rossiyaga qarşi misli körilmagan ritorikada» aybladi.
Yevropa komissiyasi 6 sentabr, seşanba kuni Rossiya bilan viza tartibini soddalaştiriş böyiça kelişuvni töliq töxtatib turiş böyiça takliflarini e’lon qildi. «Rossiya kabi bosqinçilik uruşi olib borayotgan davlat buzğunçi taşqi siyosatni va Ukrainaga qarşi harbiy tajovuzni davom ettirib, qoidalarga asoslangan xalqaro tartibni mutlaqo mensimaslikni körsatar ekan, soddalaştirilgan viza rejimidan foydalaniş huquqiga ega bölmasligi kerak», deyiladi Bryussel xabarida.
«Töxtatib turiş Rossiyaning Ukrainaga qarşi harbiy tajovuzkorligi natijasida Yevropa ittifoqi xavfsizlik manfaatlari va a’zo davlatlar milliy xavfsizligiga xavf va tahdidlarning kuçayişiga javobdir», — deyiladi bayonotda. Rossiya fuqarolari endi Yevropa ittifoqiga imtiyozli kiriş huquqidan foydalana olmaydi va vizalar oliş uçun uzoqroq, qimmatroq va murakkab jarayonga duç keladi, deya ogohlantirdi Yevrokomissiya.
Yevropa komissari Ilva Yuxansson Yevropa ittifoqi davlatlarining doimiy vakillari (COREPER) 7 sentabr kuni bölib ötadigan yiğilişda viza rejimini bekor qilişni ma’qullaşiga umid bildirdi. «Umid qilamanki, Yevroittifoq kengaşi tezda, şu haftada taklifni ma’qullaydi va şu tariqa, duşanbadan (12 sentabr) Rossiyaga nisbatan muntazam viza rejimi joriy etiladi», — dedi Yuxansson.
Ötgan hafta Yevropa ittifoqi taşqi işlar vazirlari Pragadagi norasmiy yiğilişda Yevropa ittifoqi va Rossiya örtasida viza rejimini soddalaştiriş böyiça 2007 yilgi kelişuvni töğridan töğri sayohat qilişni taqiqlamasdan töxtatib turiş haqida kelişib oldi, biroq Bryusseldan yangi qoidalar işlab çiqişni söradi.












