6 sentabr kuni Toşkent şahrida Saudiya Arabistonining Özbekistondagi elçixonasi tomonidan taşkil qilingan yiğilişda prezident Şavkat Mirziyoyevning qirollikka taşrifida erişilgan kelişuvlar hamda ularning ijrosi yuzasidan qöşimça axborot berildi.
«Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga taşrifini tarixiy deb ataş mumkin. Bu taşrif ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifalarga yöl oçmoqda.
Taşrif davomida Qöşma bayonot qabul qilindi. Unda, şuningdek xalqaro vaziyat hamda Afğoniston, Yaman va Ukrainadagi vaziyat böyiça tomonlarning qaraşlari ham öz aksini topgan. Ikki mamlakat ham Ukrainadagi nizo tinç yöllar bilan hal qilinişi tarafdori ekanligi ma’lum böldi.

Bundan taşqari, ta’lim, soğliqni saqlaş, havo yöllari va boşqa köplab sohalarni qamrab olgan 14 hujjat – bitimlar, kelişuv va memorandumlar imzolandi. Taşrif arafasida işbilarmon doiralarining uçraşuvi ham ötkazildi. Bu uçraşuvlarda erişilgan kelişuvlarning umumiy qiymati 12 milliard dollardan oşadi.
Xuşxabar sifatida aytişim mumkin, Saudiya Arabistonining maşhur FlyNas kompaniyasi joriy yil 15 sentabrdan boşlab haftada ikki marta Toşkent-Jidda reyslarini amalga oşiradi.
Men, şuningdek Özbekiston prezidenti va hukumatiga 2023 yil yanvar oyidan boşlab saudiyaliklar uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilayotgani uçun minnatdorçilik bildiraman. Bu turizm va xalqlarimiz örtasidagi aloqalarning yaxşilanişiga sabab böladi», – dedi Yusuf al Utaybiy 6 sentabr kuni bölib ötgan yiğilişda.

Kun.uz muxbiri elçidan Saudiya qirolligi ham javob tariqasida özbekistonliklar uçun qisqa muddatga bölsa ham vizasiz rejim joriy qiliş rejasi bor yoki yöqligi haqida söradi.
«Bizda ham Turizm vazirligi tomonidan röyxat tayyorlangan. Bu röyxatga önlab mamlakatlar kiritilgan va u muntazam ravişda yangilab boriladi. Biz ham umid qilamiz, tez orada mazkur röyxatga Özbekiston ham kiritiladi. Öylaymanki, qanday ijobiy qadam qöyilmasin, ikki mamlakat örtasidagi aloqalarni, xususan turizmni rivojlantirişga qöyilgan qadam böladi»,











