Turkiya Bolqonda tinçlik va barqarorlik bölişi tarafdori, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Anqaradan Sarayevoga uçib ketişi oldidan ötkazilgan brifingda.
Turkiya prezidenti Bolqonga taşrifi doirasida Bosniya va Hersegovina, Serbiya va Xorvatiyada böladi.
«Anqara Bolqon regionida xavfsizlik va tinçlikka hissa qöşiş, bu mamlakatlarning Yevroatlantika tuzilmasiga qöşilişini qöllab-quvvatlaşda davom etadi», - dedi Erdöğan.
Yevropadagi energetika inqiroziga izoh berarkan, Turkiya prezidenti «Yevropa ekkanini örayotgani»ni aytdi.
«Yevropaning janob Putinga nisbatan pozitsiyasi hamda kiritilgan sanksiyalar javob reaksiyasiga olib keldi. Rossiya rahbari «Sizlar bunday qilsangiz, men ham xuddi şunday qilaman» dedi. Putin ixtiyoridagi barça vosita va qurollardan foydalanmoqda. Bular içida eng asosiysi – tabiiy gaz. Afsuski, biz bunday bölişini istamagandik, ammo Yevropada nimaga ega bölsak, şunga ega bölib turibmiz», - dedi Erdöğan.
Yevropani oğir qiş kutib turibdi. Turkiyada gaz masalasida muammo yöq, dedi u.












