Apple kompaniyasi iPhone 14 va iPhone 14 Plus smartfonlarini taqdim etdi.
iPhone 14 6,1 dyuymli va iPhone 14 Plus 6,7 dyuymli ekranga ega. Ularga iPhone 13’dagi kabi A16 protsessori örnatilgan.


Yangi smartfon ilk bor faqat eSIM bilan işlaydigan — SIM-karta solinmaydigan şaklda çiqarildi.

Smartfonlar şuningdek, sun’iy yöldoş aloqasini qöllab-quvvatlaydi, undan faqat favqulodda qönğiroqlar va matnli xabarlar almaşişda foydalaniş mumkin. Uşbu funksiya noyabrdan AQŞ va Kanadada yölga qöyiladi.

Smartfonlarning kameralari 12 Mp bölib, yoruğlik kam şaroitda ham sifatli suratga olişga moslaştirilgan.


iPhone 14 16 sentabrdan 799 dollar, iPhone 14 Plus esa 7 oktyabrdan 899 dollar narxda sotuvga çiqariladi.












