Şimoliy Koreya rasmiylari mamlakatni «sotsialistik ertakka» aylantiriş rejasini e’lon qildi. «Ikkita yangi qonun partiyaga (Koreya hukmron Mehnat partiyasi) qişloqlarni tubdan özgartiriş böyiça sa’y-harakatlarni jadallaştiriş imkonini beradi, qişloqlarni obodonlaştirişga, qişloq aholisini ravnaq toptirişga hissa qöşadi va jamiyatni özgartiradi, mamlakatni gözal va madaniyatli sotsialistik ertakka aylantiradi», — deya 8 sentabr, payşanba kuni KXDR parlamentidagi deputatlardan birining nutqidan parça keltirgan KMTA davlat axborot agentligi. 

Avvalroq Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In koreyslarning turmuş şaroitini yaxşilaş va qişloqlarni rivojlantiriş bilan şuğullanişga va’da bergan edi. 

Şu bilan birga, KXDRda yadroviy va raketa dasturlarini rivojlantiriş tufayli xalqaro sanksiyalar, bir qator tabiiy ofatlar, şuningdek, mamlakatda «bezgak» deb atalgan koronavirusga qarşi kuraşiş böyiça joriy etilgan çeklovlar sabab bölgan iqtisodiy inqiroz keskinlaşmoqda. 

Butun pandemiya davrida rasmiylar mamlakatda koronavirus yöqligini e’lon qildi, joriy yilning may oyida ular «bezgak»dan birinçi ölimni rasman tan oldi, avgust oyida esa «bezgak» epidemiyasi töliq bartaraf etilgani e’lon qilindi.