Har yili, UzAuto Motors AJ Asaka filialida Farğona vodiysidagi oliy öquv yurti talabalari, kasb-hunar maktablari va kollej öquvçilari işlab çiqariş amaliyotini ötaşadi. 

Talabalar korxona faoliyati bilan yaqindan tanişişadi, kasb-hunar maktablar, kollej öquvçilari işlab çiqariş jarayonining aniq yönalişlari böyiça va oliy öquv yurti talabalari esa öz amaliyotini ixtisoslaştirilgan bölimlarda malakalarini oşirişadi. 

Joriy yilda Toşkent Turin politexnika universiteti, Andijon Maşinasozlik instituti, Toşkent Axborot texnologiyalari universiteti, Farğona Politexnika instituti, Toşkent Kimyo-texnologiya instituti va boşqa oliy öquv yurtlaridan jami 1 000 nafardan ortiq talaba va kasb-hunar maktablari, kollej öquvçilari işlab çiqariş amaliyotini ötaş orqali malakalarini oşirmoqdalar.

Talabalar korxonaning eng muhim bölimlari – işlab çiqariş, logistika, xarid, sifat, muhandislik mahsulotlari boşqarmasi, texnologiya va texnik xizmat körsatiş, moliya va hujjatlarni nazorat qiliş bölimlari faoliyati bilan yaqindan tanişişadi.

UzAuto Motors AJ korxonasida talabalar uçun amaliyot oddiy rasmiyatçilik emas, balki muhim bir davr ekanini işonç bilan aytiş mumkin.

Amaliyotçilarning aksariyati korxonada işlaşni xohlaşadi. Agar talabalar amaliyot davrida öz mahoratini yaxşi körsatib, vazifalarini a’lo darajada bajarsalar, ular korxonada istiqbolli xodimlar zaxirasida nomzod sifatida şakllantiriladi. Şu sababli ham köplab talabalar amaliyotga mas’uliyat bilan yondaşişadi.

Foto: UzAuto Motors

Öz navbatida, kompaniya ham amaliyotçilar uçun barça şart-şaroitlarni yaratib beradi. Bölajak mutaxassislar oziq-ovqat, transport, maxsus kiyim bilan ta’minlanadi. Muayyan uçastkalarda, sex va bölimlarda amaliyotini ötagan talabalarga bajargan işi uçun oylik maoş tölanadi. 

Korxona rahbariyati amaliyotçi talabalarning kelajakdagi kasbiy istiqboli va iqtidorini baholab borişadi. 2020-2021 yillar mobaynida kompaniya 191 nafar yoş mutaxassisni işga jalb qildi. Ularning yarmidan köpi öz vaqtida korxonada işlab çiqariş amaliyotini ötagan. 

Yoş mutaxassislar amaliyot orqali kelajakdagi faoliyatining öziga xos xususiyatlarini yaxşiroq tuşuniş, örganiş, şuningdek amaliyot davomida maoş olib pul işlaşga va eng asosiysi öqişni tamomlab, UzAuto Motors AJ korxonasiga işga joylaşiş imkoniyatiga ega bölişadi.