Politico naşrining yozişiça, Yevropa ittifoqiga raislik qilayotgan Çexiya vengerlar bilan sanksiyalarni uzaytiriş jarayonini bloklab qöyişdan qoçiş uçun kelişuvga erişganidan» keyin Budapeşt öz sörovini rad etgan.

Avvalroq Vengriya Yevropa ittifoqiga rossiyalik tadbirkorlar Alişer Usmonov, Petr Aven va Viktor Raşnikovni sanksiyalar röyxatidan çiqarişni sörab murojaat qilgani xabar qilingandi. Buning evaziga mamlakat Rossiyaga qarşi Ukrainada harbiy harakatlar boşlanganidan keyin joriy qilingan sanksiyalarning uzaytirilişiga tösqinlik qilmaslikka va’da berdi. 

Yevropa ittifoqi gumanitar yordam uçun istisnolarni kengaytiriş Vengriyaga Rossiyaga qarşi sanksiyalarni çetlab ötiş yöllarini yaratiş zaruriyatini yuzaga keltirişidan xavotirda. 

Politico manbalarining aytişiça, Vengriya avvalroq Rossiya neftiga embargo joriy etişni keyinga surgani fonida, rossiyalik tadbirkorlarni sanksiyalar röyxatidan olib taşlaş böyiça talab Yevropa ittifoqining ayrim davlatlarida «ğazabga sabab bölgan».  

Alişer Usmonov, Petr Aven va Viktor Raşnikov Rossiyaning Ukrainadagi jangovar harakatlari boşlanganidan keyin Yevropa ittifoqi sanksiyalari ostida qolgan. Yevropa ittifoqi ularni Kreml bilan çambarças boğliq deb hisoblaydi. Işbilarmonlar Yevropa ittifoqining Lyuksemburgdagi boş sudida ularni sanksiyalar röyxatiga kiritiş qaroriga qarşi çiqişmoqda.