Avstriyalik Folker Tyurk BMTning inson huquqlari böyiça yangi oliy komissariga aylandi. Uning nomzodi 8 sentabr kuni jahon taşkiloti Boş assambleyasi tomonidan tasdiqlandi, keyin esa boş kotib Antoniu Guterriş tomonidan ma’qullandi. Bu haqda BMT saytida xabar berildi. 

Tyurk lavozimga tayinlanganidan söng, Twitter’dagi sahifasida bu şarafdan «juda ta’sirlanganini» yozdi: «Men katta mas’uliyatni his qilyapman va inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi tamoyillarini hamma uçun, hamma joyda tarğib qiliş uçun bor kuçimni sarflayman». 

57 yoşli Tyurk ma’lumoti böyiça huquqşunos bölib, faoliyatining katta qismini Birlaşgan millatlar taşkilotida ötkazgan va asosan qoçqinlar masalasiga e’tibor qaratgan. OAV xabarlariga köra, u Birlaşgan millatlar taşkilotining Qoçqinlar böyiça agentligini (UNHCR) boşqarganida Guterriş bilan yaqindan hamkorlik qilgan. Tyurk Jyenevadagi boş qarorgohga tayinlanişidan oldin Kosovo va Kongo Demokratik Respublikasi kabi bir qança mamlakatlarda BMT Qoçqinlar oliy komissarligining idora va missiyalarida muhim lavozimlarni egallagan.

Tyurk BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari sifatida 2018 yildan buyon bu lavozimni egallab kelayotgan Çili sobiq prezidenti Mişel Baçeletning örnini egallaydi. Muddati avgust oyida tugagan Baçelet Rossiyaning Ukrainada olib borayotgan uruşi haqida bir qança şov-şuvli bayonotlar berdi.

Xususan, 5 iyul kuni u Rossiya va Ukraina harbiylari qiynoqlar, jinsiy zöravonlik va boşqa inson huquqlari buzilişida, jumladan tinç aholidan tirik qalqon sifatida foydalanişda aybdor ekanligini aytdi. 24 avgust kuni Baçelet Rossiyani Zaporijjya atom elektr stansiyasini zudlik bilan demilitarizatsiya qilişga çaqirdi va uning yaqinidagi janglar «tasavvur qilib bölmaydigan xavf»larni keltirib çiqarişini ta’kidladi.