Blumbergdagi maqola "Sanksiyalar rossiyalik milliarderlarni Putinning quçoğiga itarmoqda" degan sarlavha bilan çiqdi. Rossiya prezidenti boy fuqarolarni qaytarişga yillar davomida uringandi, deb eslatadi agentlik. Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan söng Putin rossiyalik biznesmenlar xorijdagi mablağlari muzlatilişidan qoçiş uçun öz vatanlariga investitsiya kiritişi töğri bölişi haqida bir neça marta gapirgandi.

U bu mavzuda oxirgi marta Şarqiy iqtisodiy forum arafasida söz yuritdi: "Bu haqda ogohlantirgandim – bu qayiqlar (yaxtalar) şu yerda turgani va mablağlar xorij aktivlariga emas, Rossiya infratuzilmasi rivojiga yönaltirilgani yaxşi edi. Heç narsa yöqotişmasdi, hammasi şu yerda, vatanida bölardi va tikkan mablağlaridan daromad olişardi".

15 mart kuni YeI navbatdagi rossiyalik milliarderlar guruhini, jumladan, Roman Abramoviç, Suleyman Kerimov, Viktor Raşnikovni sanksiyalar röyxatiga kiritdi. Ular orasida Xan ham bor edi. Öşa kuni Buyuk Britaniya ham unga, uning hamkorlari Fridmana va Pyotr Avenga qarşi sanksiyalar joriy etdi.

Xan tanlaşga majbur edi - qariyb ön yildan buyon yaşab kelayotgan Londonda qoliş yoki vataniga qaytiş, deb yozadi Blumberg. Agentlikning ma’lumot berişiça, u bir neça oydan keyin Buyuk Britaniyani tark etdi va Moskvaga köçib keldi. Naşr uning qayerdaligini biladigan odamlarga asoslanmoqda.

Xan Rossiyaga qaytişidan oldin investitsiya kompaniyasidagi uluşini sanksiyalarga tuşmagan aksionerga berdi. Forbes jurnalining yozişiça, Xanning boyligi 7,8 mlrd dollarni taşkil etadi.

"Uruş partiyasining faollari"

Xorijda yaşayotgan rossiyalik boylarning neçtasi uylariga qaytganini aytiş qiyin, ammo sanksiyalar şaroitidagi hayot ilgari qiziqarsiz bölgan taklifni eng yaxşi variantga aylantirdi, deyiladi maqolada.

Mualliflarning fikriça, bu Putinning ğalabasini isbotlaydi – u köp yillar davomida soliq imtiyozlari va kapital amnistitsiyasini taklif qilib, xorijdagi badavlat fuqarolarni qaytarişga uringandi. 

Britaniya, AQŞ va YeIning Rossiya biznes-elitasini jazolaş va uruşni qöllab-quvvatlaşni yöqqa çiqarişga qaratilgan çeklovlari ularni Putinga yanada qaram qildi, deb hisoblaydi Blumberg. Ular tark etgan vatanlari kutilmaganda mablağlari muzlatilmaydigan yoki tortib olinmaydigan joylardan biriga aylandi.