Sankt-Peterburgning «Smolninskoye» munitsipaliteti kengaşi deputatlari Davlat dumasini Putinni işdan böşatişga çaqirişdi, söng ular politsiyaga çaqirildi - armiyani «obrösizlantiriş»dan iborat bölgan ma’muriy huquqbuzarlik töğrisida protokol tuziş uçun. Bu haqda 8 sentabr, payşanba kuni DW naşriga taşabbusni qöllab-quvvatlagan mundeplardan biri Nikita Yuferev xabar berdi. 

Deputatga kelgan SMS-xabardagi matnga köra, 9 sentabr kuni ertalab u Rossiya Içki işlar vazirligining Sankt-Peterburg markaziy okrugi böyiça 76-politsiya bölimiga kelişi kerak. Yuferevning sözlariga köra, şunga öxşaş xabarni barça deputatlar («Smolninskoye» munitsipaliteti kengaşidan), «hatto ovoz berişda betaraf qolganlar ham» olişgan. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putinni davlatga xiyonat qilgani uçun lavozimidan çetlatiş haqidagi çaqiriq bilan Davlat dumasiga murojaat loyihasini 7 sentabr kuni «Smolninskoye» munitsipaliteti kengaşi yiğilişiga uning deputati Dmitriy Palyuga kiritdi. Munitsipalitet kengaşining yigirma nafar a’zosidan ön nafari, şu jumladan uning raisi, «Yagona Rossiya» partiyasi a’zosi ovoz berişda qatnaşmadi, deydi Yuferev. Biroq, hozir bölgan ön nafar deputat qonuniy jihatdan kvorum uçun yetarli edi. Natijada, ulardan yetti nafari Davlat dumasiga murojaat yuborişni yoqlab ovoz berdi.

Palyuga va Yuferev özlarining Twitter’dagi sahifalarida Rossiya Davlat dumasiga murojaatning nusxasini e’lon qilişdi. Hujjatda aytilişiça, uning mualliflariga köra, Rossiya prezidenti Putinning harakatlarida Rossiya konstitutsiyasining davlatga xiyonat haqidagi moddasida nazarda tutilgan jinoyat belgilari mavjud. Xususan, ular Rossiya armiyasining jangovar tayyor bölinmalarining yöq qilinişi, Rossiyaning yoş va mehnatga layoqatli fuqarolarining ölimi va jarohati, Rossiya iqtisodiyotiga yetkazilgan zarar, Ukrainadagi «maxsus operatsiya»dan söng yuz bergan NATOning kengayişi va Ukraina armiyasi zamonaviy Ğarb texnikasi bilan jihozlanayotganiga e’tibor qaratmoqda. Bu - uning «demilitarizatsiya» maqsadiga ziddir. 

«Smolninskoye» munitsipaliteti deputatlarining Davlat dumasiga murojaat tayyorlaş töğrisidagi qarori öz-özidan bölmagan, deya ta’kidlaydi Yuferev. 24 fevral kuni u kengaşning boşqa deputati Dmitriy Baltrukov, şuningdek, boşqa munitsipalitetlar deputatlari bilan birgalikda «Uruşga yöq: tinçlik uçun, Ukraina bilan tinçlik uçun» şiori ostida miting ötkazişga ariza bergan. Biroq şahar hokimiyati mitingga rozi bölmagan. Mundeplar 2 mart kuni Sankt-Peterburg aholisini kengaşning oçiq yiğilişiga taklif qilişdi va Putinga «maxsus operatsiya»ni tugatiş kerakligi haqidagi murojaatga kelişib oldi. Kremldan heç qanday javob kelmadi.