Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv ta’minotida 20 ta loyiha 1,8 mlrd dollar qarz hisobidan amalga oshiriladi
“O‘zsuvta’minot” AJ va xalqaro moliya institutlari tomonidan amalga oshiriladigan 20 ta investitsiya loyihasini 1 mlrd 861 mln dollar qarz mablag‘lari hisobidan moliyalash rejalashtirilgan.
Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda “O‘zsuvta’minot” AJ boshqarma boshlig‘i Davron Munavvarov ma’lum qildi.
Qarz mablag‘lari Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Islom taraqqiyot banki hamda Saudiya taraqqiyot va OPeK jamg‘armalaridan o‘zlashtiriladi.


Joriy yil yanvar-avgust oylarida 148 million dollar o‘zlashtirilishi hisobiga jami 187 km ichimlik va 47 km oqova suv tarmog‘i tortilgan.
Jami 41 ta obektda qurilish ishlari olib borilib, 1 ta ichimlik suv tozalash inshooti, 2 ta suv taqsimlash inshooti, 3 ta suv quduqlari qurilgan hamda 5 ta suv quduqlari rekonstruksiya qilingan.
Mavzuga oid
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026