Yiğiliş avvalida, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan sönggi yillarda millionlar öyini bölgan va mamlakatimizda alohida örin tutadigan futbolni rivojlantiriş hamda taraqqiy ettirişga katta e’tibor qaratilayotgani, bunga Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “Özbekistonda futbolni rivojlantirişni mutlaqo yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-5887-sonli farmoni yaqqol misol ekani ta’kidlab ötildi.

“Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullayev boşçiligida klub rahbariyati, futbolçilar va Fan klub a’zolari iştirokida ötkazilgan yiğilişda sönggi vaqtda klubdagi nosoğlom muhit, klubning Superligadagi salbiy iştiroki keskin tanqid qilindi.

Şuningdek, Özbekistonda futbolni 2030 yilgaça rivojlantirişning yangi bosqiçga olib çiqiş konsepsiyasi, Özbekistonda futbolni 2030 yilgaça rivojlantirişning maqsadli körsatkiçlari qabul qilingani, uning ijrosiga mas’ullarning şaxsiy javobgarligi belgilangani aytib ötildi.

Şunga qaramay, bugungi kunda “Bunyodkor” futbol klubida berilgan vazifalarni bajariş böyiça amalga oşirilayotgan işlar qoniqarsiz holatda, natijalar esa açinarli ahvolda ekanligi, holatni yaxşilaş va soğlomlaştiriş uçun klubda va direksiya rahbariyatida özgarişlar amalga oşirilgani bildirildi.

Foto: Özbekneftgaz

Barça şaroitlar yaratib berilganiga qaramay kutilgan natijani bermayotgani, bunga sönggi vaqtlarda, asosiy jamoaning körsatayotgan öyinlari va erişgan natijalaridan ham köriş mumkinligi, xususan, Superliga joriy mavsumining 18-turidan söng jamoa 20 oçko jamğargan holda 9-örinda borayotgani tanqid ostiga olindi.  

Ta’kidlaş kerakki, 18 ta öyinda 20 ta gol urilgan bölsa, 29 ta töp ötkazib yuborilgan yoki töplar nisbati – 9. Superliganing 2021 yil mavsumida jamoa 18-turdan söng 29 oçko jamğargan holda 5-örinni egallab turgan edi. Töplar nisbati esa + 12.

Foto: Özbekneftgaz

Mehriddin Abdullayev holat şu tarzda davom etadigan bölsa, “Bunyodkor” özi tarixidagi eng şarmandali holatga tuşişi, açinarlisi esa Superligani joriy yil yakuni bilan tark etişi mumkinligidan xavotir bildirdi. 

Bunday salbiy natijalar uçun avvallari moliyalaştirişdagi muammolar bahona qilingani, hozirda moliyalaştirişda muammo yöqligi aksinça klub va direksiya uçun zarur barça mablağlar, oylik-maoşlari va mukofot pullari öz vaqtida moliyalaştirilayotgani aytildi.