Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Oqörda qarorgohida yirik biznes vakillari bilan ötkazilgan uçraşuvda zamonaviy bolalar boğçalari, maktablar, şifoxonalar, universitetlar quriş, turizmni rivojlantirişga investitsiyalar kiritiş muhimligini qayd etdi. 

"Biz sizlarning xayriya aksiyalaringizga umid qilyapmiz. Hozir mamlakatda maktablar, talabalar yotoqxonalari, yoşlar uçun sport obektlari yetişmayapti. Sizning yordamingiz mamlakat uçun katta ahamiyatga ega", - dedi u.

Töqayev şuningdek, biznes uçun raqobat maydoni tekis bölişini aytdi.

"Bundan buyon heç qanday imtiyozlar bölmaydi. Qozoğistonda halol biznes bilan şuğullaniş har qanday inson uçun manfaatli va xavfsiz bölişi kerak", - dedi u.

Qozoğiston prezidentining qayd etişiça, mamlakatda iqtisodiyotni demonopolizatsiya qiliş va bozorlarni oçiş böyiça işlar davom etadi.