10 sentabr kuni qirol Çarlz III rasman Kanadaning yangi rahbari deb e’lon qilindi.
Rasmiy e’lon qiliş marosimi Kanada general-gubernatori Meri Saymonning Ottava şahrida joylaşgan Rido-Xoll qarorgohida bölib ötdi. Unda boş vazir Jastin Tryudo va hukumat a’zolari iştirok etdi. Saymon va Tryudo tegişli hujjatni imzoladi.
Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II 8 sentabr kuni 96 yoşida vafot etdi. U 70 yil mobaynida Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va yana 12 mustaqil davlatni boşqardi. Yelizaveta II 1952 yil 6 fevralida taxtga ötirgandi.
Yelizaveta II örnini uning öğli Çarlz egalladi.
Kanada Britaniya Hamdöstligiga kiradi, şu sababli qirol Çarlz III davlat rahbari hisoblanadi. Biroq Kanadadagi aksariyat qirollik va konstitutsion majburiyatlarini qirolning vakili - general-gubernator bajaradi.












