Ukraina qurolli kuçlari Xarkiv oblastida hujum qilişda davom etmoqda. Şanba kuni ukrain kuçlari logistik jihatdan muhim ahamiyatga ega bölgan Kupyansk şahriga kirişdi, Rossiya qöşini uşbu yirik şahar markazini tark etişgan. Janubroqdagi yana bir muhim ahamiyatga ega bölgan markaz, Izyumga olib boruvçi yöl ötadigan Liman şahriga ham hujum qilinmoqda. Bu esa Izyum ikki tomondan ham örab olinganini anglatadi. Rossiyaning Izyum atrofidagi 10 mingdan ortiq qöşini qurşovga tuşiş xavfi ostida qolgan, RF mudofaa vazirligi bu hududdagi qöşinlar «DXR» hududiga ötkazilayotganini ma’lum qilgan.

Sönggi kunlarda Ukraina qurolli kuçlari Xarkiv oblastidagi muhim ahamiyatga ega Balakliya şahri va yana 30 dan ortiq şahar va qişloqlarni ozod qilgandi.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videolardan birida Kupyansk şahriga kiriş joyida zirhli maşinada ötirgan ukrain askarlarini köriş mumkin. 

Rossiyaparast telegram-kanallarning ayrimlari ukrain kuçlari şaharning faqat ğarbiy qismini egallab, Oskol daryosigaça (daryo şaharning şarqini ğarbidan ajratib turadi) yetib borgani haqida yozdi. Ammo ukrain kuçlari şaharni töliq nazoratiga olgani haqida ham xabarlar bor.

Operativ nuqtayi nazardan şaharning şarqiy qismi boy berilgani ham Rossiyaning Izyumdagi guruhiga şimoldan ta’minot yetkazib berişni imkonsiz qilib qöyadi. Gap şundaki şaharda Kupyansk temiryöl stansiyasi joylaşgan, u orqali Rossiyaning Izyum hududidagi yirik guruhiga ta’minot yetkazib kelinayotgandi.

Stansiya şarqiy sohilda joylaşgan, ammo daryoning narigi sohilidan turib uni osongina öqqa tutiş mumkin. Şu tariqa, Izyum guruhi asosiy ta’minot liniyasidan uzilib qoladi.

Xarkiv oblasti kengaşi raisi maslahatçisi Natalya Popova feysbukdagi sahifasida şahar markazida turgan ukrain askarlari suratini e’lon qildi.

«Kupyansk — bu Ukraina! Ukraina qurolli kuçlariga şon-şaraflar bölsin!», — degan Popova va Kupyanskdagi ma’muriy bino oldida ukrain bayroğini kötarib turgan ukrain askarlari suratini joylaştirgan. Rossiyaning «Agenstvo» naşri suratdagi bino Kupyansk şahar kengaşi binosi ekanini tasdiqladi.

Rossiya harbiylari Izyumni taşlab keta boşladi, Limanga hujum qilinmoqda