Moldova fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi Air Moldova aviakompaniyasiga Kişinyov va Moskva örtasidagi parvozlarni tiklaşni taqiqladi.
Boşqarmaning izoh berişiça, uşbu qaror «aviatsion xavfsizlikni ta’minlaş» bilan boğliq.
Moldova boş vaziri örinbosari Andrey Spinu fuqarolarni Moskvaga töğridan töğri parvozlar tiklangani haqidagi e’longa «aldanib qolmaslik»ka çaqirdi.
«Air Moldova mas’uliyatsiz bayonot berdi. Biz fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi bilan birgalikda ma’lum qilamiz: birinçi navbatda yölovçilar xavfsizligi, ularni himoya qiliş haqida öylaşimiz kerak. Biz bunday parvozlarni xavfli deb hisoblaymiz», — dedi Spinu.
9 sentabr kuni Air Moldova Moskvaga parvozlar tiklanganini e’lon qilgandi. Kompaniya 1 oktyabrdan parvozlarni yölga qöyişni rejalaştirgandi.
«Uşbu qaror uyiga qaytiş yoki oilasi bilan birga bölişni istayotgan Moldova fuqarolarining köpsonli murojaatlari natijasida qabul qilindi», — deyilgandi aviakompaniya xabarida.
Moldova 24 fevral kuni, Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan söng fuqaro aviatsiyasi uçun havo sarhadini yopgandi.












