Qamçiq dovonida 10 sentabr kuni odamlar ölimi bilan yakunlangan yirik YTH yuz berdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, YTH 10 sentabr kuni soat 22:46 da Toşkent—Öş xalqaro avtomobil yöli 247-kilometrida sodir bölgan. Farğona vodiysi tomon harakatlanayotgan Isuzu yuk maşinasi haydovçisi boşqaruvni yöqotib, bir neçta avtomobillarni urib yuborgan. Töqnaşuv natijasida ayrim avtomobillar yonib ketgan.

Hodisa oqibatida voqea joyida 3 kişi halok bölgan, 5-7 kişi jarohatlangan. Zudlik bilan hodisa joyiga FVVning «Qamçiq» Maxsus qidiruv, yonğin-qutqaruv boşqarmasidan 2 ta ekipaj va 1 ta avtoevakuator yetib borgan hamda yonayotgan maşinalar soat 23:50 da öçirilgan. 

Şuningdek, qutqaruvçilar tomonidan voqea joyida jabrlanganlarga birinçi tibbiy yordam körsatilib, malakali tibbiy yordam körsatiş uçun şifoxonaga yuborilgan. Oradan oz vaqt ötib şifoxonada yana bir nafar fuqaro vafot etgan.

Hozirda Qamçiq dovoni avtomobillar harakati uçun oçiq.