IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati Qamçiq dovonidagi yirik YTH yuzasidan qöşimça ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, Volvo yuk avtomobili özi bilan bir yönalişda harakatlanib ketayotgan Matiz, Cobalt, Isuzu yuk maşinasi, Nexia-2, Cobalt, MAN yuk maşinasi, Cobalt va Spark’ni urib yuborgan.

Oqibatda 3 ta Cobalt, Spark hamda yuk avtomobillarida yonğin kelib çiqqan, voqea joyida 3 nafar fuqaro vafot etgan. Avtomobillar salonida bölgan 7 nafar yölovçi tan jarohati olib, Toşkent viloyati, Angren şahri hamda Namangan viloyati, Pop tumanidagi Markaziy şifoxonaga yuborilgan.

Uşbu YTH yuzasidan Namangan viloyati Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan oldinroq FVVning uşbu hodisa yuzasidan berilgan xabarida şifoxonaga yotqizilgan bemorlardan biri vafot etgani aytilgandi.