15-16 sentabr kunlari Samarqandda ötkaziladigan Şanxay hamkorlik taşkilotiga a’zo mamlakatlar sammitida iştirok etişini tasdiqlagan xalqaro taşkilotlar ma’lum böldi.

Rasmiylarga köra, ŞHT sammitida iştirok etmoqçi bölgan xalqaro taşkilotlar orasida BMT hamda uning Osiyo va Tinç okeani uçun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, YuNeSKO, MDH, Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT), Yevroosiyo iqtisodiy kengaşi, Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş, Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti, Arab davlatlari ligasi kabi taşkilotlar bor.

ŞHTning bunday keng formatdagi sammiti ilk bor Samarqandda bölib ötişi kutilmoqda.

Ekspertlarning fikriça, bu nufuzi ortib borayotgan va geografik kölami kengayib borayotgan taşkilotga yanada kengrok hamkorlik va muloqot maydonçasiga aylanişi uçun yaxşi imkoniyat oçib beradi.

Avvalroq uşbu sammitda iştirok etadigan 15 mamlakat rahbarlari nomi e’lon qilingandi.