Tanqidiy izohlar sababli öçirilgan post yoxud “çinovnik”lar va oddiy xalq örtasidagi jarlik haqida
|02:17 / 11.09.202223 89514 min
5 sentabr kuni Tanzila Norboyevaning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilingan post istehzoli izohlar yomğiriga duçor böldi, şu sababmi, köp ötmay u post öçirildi. Uşbu voqeaga e’tibor qaratgan Kun.uz muxbiri özbek mansabdorlari va oddiy xalq örtasidagi “jarlik” xususida jurnalist Sanjar Said va Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Yoşlar parlamenti a’zosi Asliddin Kamolovlar bilan suhbatlaşdi.
“Amaldorlar hayotdan uzilib qolgan”
– Sanjar, Tanzila Norboyevaning postiga siz ham munosabat bildirgan edingiz. Ayni paytda ijtimoiy tarmoqdan öçirib yuborilgan postning nimasi ğayritabiiy tuyuldi?
Sanjar Said, jurnalist va Jamoatçilik bilan aloqalar (PR) böyiça mutaxassis:
– Ğayritabiiy tuyulgan narsa – postdagi notabiiylik va voqelikdan, reallikdan uzoqlik. Sababi post judayam hissiyotlarga berilib, pafos bilan yozilgan. Yozgandimki, «daftar-kitob kötargan öquvçi-yoşlarni kördim», debsiz, hozirgilar daftar-kitobni qölda kötarib yurmaydi», deya matnga e’tiroz bildirgan edim.
Men bu matnni kim yozib berişini bilmayman, ammo u voqelikdan yiroq odam. Buni Norboyevaning özi yozgan deb hisoblamayman. PR bilan şuğullanadigan mutaxassislar buni yozgan. Bu yerda siyosiy ehtiyotkorlik bölişi ham mumkin. Buni tez-tez kuzataman. Misol uçun, Senat raisining oxirgi postlaridan birida xotin-qizlar masalasiga bağişlangan xalqaro tadbir iştirokçilariga prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov Şavkat Mirziyoyevning tabrigini öqib eşittirgani haqida gap ketadi.
Sanjar Said Foto: Facebook/Sanjar Said
Tanzila Norboyeva Özbekistondagi voqelikka bevosita ta’sir ötkaza oladigan va uning oqimini burib yuborişga qodir bölgan muhim amaldorlardan biri. Lekin Tanzila Norboyevaning jamoatçilik bilan aloqalari yoki ijtimoiy tarmoqlarda qoldirayotgan postlari asosan tadbir va majlislarning e’lonlaridan iborat.
– Ya’ni şaxsiy fikrlar emas. Çet eldagi siyosatçilarni kuzatadigan bölsak, asosan şaxsiy fikrini beradi...
– Töğri, xorijdagi siyosatçilar voqea-hodisalarga munosabatini beradi. Ya’ni odamlar eng köp muhokama qilayotgan, e’tiroz bildirayotgan yoki şov-şuv bölgan voqea-hodisalarga munosabatini bildiradi. Lekin Senat raisining sahifalarida bu narsani uçratmaysiz. Avvallari yaxşiroq yoritar va xalqqa yaqindek körinardi. 5 sentabrdagi postga qilingan e’tirozlar matnning tuzilişi yoki juz’iy kamçiliklarga emas, balki nega şunça muammo bölib turib, boşqa narsani yorityapsan degan e’tirozlardan iborat.
Mavzuga oid
– Yuqorida özbek amaldorlari xalqdan uzoqlaşib qolgandek körinadi dedingiz. Tanzila Norboyeva uşbu postni ulaşgan paytda ota-onalar darsliklar qimmatlaşganini qizğin muhokama qilayotgan edi. Mamlakatdagi rasman ikkinçi şaxs hisoblangan Senat raisi bunga heç qanday munosabat bildirmadi. Çetdan qaraganda amaldorlarimiz yaşayotgan dunyo boşqa bir reallik, fuqarolar yaşayotgan dunyo boşqa bir reallikdek tasavvur uyğotadi.
– Şunday, yozgan izohimda ham siz aytgan holatga işora qilgandim. Ya’ni postda daftar-kitob öqiyotgan öquvçilar deyilyapti. Vaholanki, bugun birinçi öquv kuni, ular hali darsliklarni qöliga olgani yöq. Ularda faqat daftar kötargan bölişi mumkin deb e’tiroz ham bildirgandim.
– Yana izohingizda yöllardagi tirbandlikni kördingizmi deya izoh qoldirgansiz. Ya’ni öşa kuni barça öquv muassasalarida öquv jarayonlari boşlangan. Hamma yölda tirbandliklar kuzatilgan. Özim ham yarim soatlik yölni bir soatdan oşiqroq vaqt mobaynida bosib ötdim. Şu köpçilik qatori sizning ham e’tiboringizni tortibdi.
Asliddin Kamolov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Yoşlar parlamenti a’zosi:
– Buni bekorga söramadim. Sababi 4 sentabr kuni Buxorodan Toşkentga qarab maşinada yölga çiqdim. Tört kun avvaldan bilet işlaşga tuşganman. Vaholanki, 4 kun oldin bir haftalik poyezdlarga biletlar yöq. Avtobuslarda ham, samolyotlarda ham bilet yöq.
Moskvada yaşaganman. Agar siz u yerdan 8:10 da poyezdga çiqişingiz kerak bölsa, soat sakkizda kelib, bemalol 5-10 daqiqada bilet sotib olib, yölga çiqib ketişingiz mumkin. U yerda bir neça kun oldin bilet sotib olib yölga çiqiş degan narsa yöq. Lekin bizda şu narsa bor. Bu birinçidan.
Ikkinçidan, viloyatlararo qatnovçi taksilarning yölkira narxlari ikki barobar qimmat bölib ketgan. Çunki öşa kunlar hamma Toşkentga qarab yölga çiqqandi. Samarqanddan Toşkentga bölgan masofada tirbandlik. Respublikaning hamma maşinalari xuddi Toşkentga qarab yurganga öxşaydi. Bu norozilikka sabab bölişi tabiiy. Sababi bu – hukumatning yillar davomida yöl qöygan kamçiliklarining oqibati.
Asliddin Kamolov Foto: Facebook/ÖzLiDeP Buxoro Shahar Kengashi
Masalan, mahalliy aviareyslarni oladigan bölsak. Öquv yili arafasida talab oşib ketişini oldindan taxmin qiliş mumkin edi. Öşa kunlarda viloyatdan bittadan reys qatnasa Toşkentga, tiğiz paytlarda ikki-uçtagaça ham köpaytiriş mumkin edi. Lekin bunday işlar qilinmagan. Reyslar odatiy tarzda qatnab turibdi.
Öquv jarayonlari boşlanganidan keyin shahar köçalarida doimiy tirbandlik va jamoat transportining yetişmasligi kuzatiladi. Buni hamma körib turibdi, bu haqda kimdir gapirişi kerak. Agar muammoga 24 soat içida munosabat bildirilsa, bu jamoatçilikning noroziligini töxtatadi. Biroq öşa kunlarda birorta amaldorning rasmiy munosabat bildirganini uçratmadim. Faqat senat raisi emas, boşqa amaldorlarning lentasida ham bu holatga heç qanday munosabat bildirilmagan.
Norboyevaning postiga izoh qoldirganimdan qoldirilayotgan izohlarni kuzatib turdim. Menimça, mana şu savollar köpaygani sababli post öçirilgan. Senat raisi özini jamoatçilik uçun oçiq şaxs sifatida taqdim etişga intiladi, lekin Telegramdagi postlariga izoh qoldiriş funksiyasini öçirib qöygan.
Sanjar Said, jurnalist va Jamoatçilik bilan aloqalar (PR) böyiça mutaxassis:
– Menimça, bu tölaqonli noprofessionallikdan darak. Yana bir marta takrorlamoqçiman. Bu postlarning yozilişi va e’lon qilinişiga Tanzila Norboyevaning aloqasi borligiga men işonmayman. Ya’ni özi yozib, özi e’lon qilişmaydi. Ya’ni uning orqasida bitta jamoa işlasa, ana şu jamoaning PR böyiça heç qanday tajribasi yöqligidan dalolat. Ular xato qilişni emas, xatoga yaqinlaşişni istaşmaydi.
Vaholanki, xato qilinmasa, odam töğri yölni topa olmasligi mumkin. Ikkinçidan, bu jur’atsizlik, qörqoqlik. Bu jamoada işlaydigan odam adabiyotşunos, hattoki jurnalist ham bölmasligi kerak. U odam haqiqiy PR mutaxassisi bölişi kerak. Ular nima qilişdi? Muammo yuzaga kelganda şartta közlarini yumişdi. Tuyaquşga öxşab, qumga boşlarini tiqişdi.
– Tanqidlar va istehzolarga sabab bölgan postning öçirilişi Tanzila Norboyevaning tanqidlarga toqatsizligini bildiradimi?
– Tabiiyki şunday. Menimça, izohlarga közi tuşib qolib, bu nima ahvol deb urişgan bölsa, ular heç narsa bölmagandek öçirib qöyişdi va katta xatoga yöl qöyişdi. Hammasi esdan çiqib ketadi deb öylaşdi. Qilinişi kerak bölgan işlar orasida eng notöğrisi maga şu – postni öçiriş böldi.
5 sentyarbr kuni poytaxt köçalarida kuzatilgan tirbandlik Foto: Kun.uz
– Asliddin, siz 5 sentabr kuni kuzatilgan tirbandlik haqida yozgandingiz. Biz körgan narsani amaldorlar körmaganligining sababi nimada, sizningça? Nega muammolarni jamoatçilikni qiynayotgan qiyinçiliklarni körişmaydi?
Asliddin Kamolov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi Yoşlar parlamenti a’zosi:
– Asosiy sabab amaldorlarning rahbarlar bilan orasi uzilib qolganligidir. Köramiz köpçiligi kortejlarda yurişadi. Senat raisi böladimi, Akmal Saidov böladimi, ular maxsus maşinalar kuzatuvida, tirbandliklarga tuşmasdan harakatlanadi. YHXX xodimlari ularning ötib ketişini ta’minlaydi.
– 5 sentabr kuni işga-öqişga qanday yetib keldingiz?
– Uydan çiqib metroga çiqdim. Metrodan keyin taksiga çiqaman. Metrodagi ahvolni gapirmasa ham böladi. Taşqariga çiqdik, işxonamning yonida biror marta tirbandlik kuzatilmagan bölsa ham, öşa kuni tirband edi. Nafaqat öşa kuni, balki öqiş boşlangan kundan beri bizda tirbandlik kuzatilyapti. Bu hududda öquv jarayonlari boşlangan vaqtda ötgan yili yaşamaganman. Bu yerda yaşagan odamlarning aytişiça, avvallari tirbandlik kölama bu daraja bölmagan ekan.
Sanjar Said, jurnalist va Jamoatçilik bilan aloqalar (PR) böyiça mutaxassis:
– PR mutaxassisi sifatida fikr bildirmoqçi edim. Özbekistonda bu soha mutaxassislarini tayyorlaş endi-endi yölga qöyilyapti. Şu narsaga köproq urğu berilişi kerak deb hisoblayman. Çunki bugunga kelib jamoatçilik bilan aloqalarning miqyosi, kölami har qaçongidan ham köra kengaydi. Hamma bir vaqtning özida jurnalist, bloger. Fuqarolar avvalgiday passiv kuzatuvçi emas, balki ijtimoiy faollarning soni ança oşgan. Buning natijasida odamlar tajovuzkor axborot tarqatuvçiga aylanmoqda. Bunday holatda jamiyatdagi muammolarni PR fani nuqtai nazardan nazariy jihatdan örganiş, töğri yeçimlarni topiş talab etiladi.
Köpinça PR xizmatlariga jurnalistlar işga olinadi. Ammo bu töğrimas. Çunki jurnalistika va PR boşqa-boşqa sohalar. Ular bir-biriga qarama-qarşi, duşmanlarga öxşaydi aslida. Jurnalist inqirozli vaziyatni vujudga keltiradi. Piarçi uni bartaraf etadi. Hozir PR mutaxassislari yetişmayotgani sababli mana şunday muammolar vujudga kelmoqda.
Aslida piarçini şaytonning advokati deyişadi. Tanzila Norboyevani qöya turing, Özbekistonda jamoatçilik eng yomon köradigan amaldorlarni ham oppoq qilib körsatiş mumkin.
“Postning öçirilişiga Senat matbuot xizmatining aloqasi yöq”
Oliy Majlis Senati raisining matbuot kotibi Hojiakbar Tölaganov ijtimoiy tarmoqda yozib qoldirilgan postni Tanzila Norboyevaning özi öçirgani, bunga esa internet foydaluvçilarining turli-tuman izohlari sabab bölganini bildirdi.
– Senatda iş boşlaganimga hali bir oy ham bölmadi. Mening nazarimda Senat va Senat raisining faoliyati qolgan davlat idoralari, taşkilotlari hamda ularning rahbarlari faoliyatiga nisbatan ança oçiq deb öylayman. Senat axborot xizmatiga işga ötişimga sabab bölgan omillardan biri ham aynan şu masala.
Postning öçilişi Senat raisining tanqidlarga toqatsizligiligini anglatadimi degan savolingizga quyidagiça javob bermoqçiman: e’tibor qilgan bölsangiz uşbu post Senat raisining Telegram va Instagramdagi sahifalarida turibdi, lekin Facebook’dagi sahifalaridan öçirilgan. Postning öçirilişiça matbuot xizmatining aloqasi yöq.
Senat raisi bilan bu masalada gaplaşganimizda postga turli xil istehzoli fikrlar, turli xil munosabatlar bildirilgani aytib ötdilar. töğri, ularning orasida asosli tanqidlar ham bor, körib çiqilişi kerak bölgan masalalar ham bor. Lekin aksariyat qismi asossiz tanqid va fikrlardan iborat bölgani uçun bu holat yana urçib, davom etişining oldini oliş maqsadida Facebook’dan öçirildi. Bu tanqidga toqatsizlik deb bilmayman. Agar şunday bölganda post Telegram yoki Instagramdan ham öçirilgan bölardi.
– Lekin Telegramdagi postga kuzatuvçilar izoh qoldira olmaydi, bu funksiya öçirib qöyilgan. Nima uçun bu funksiya yoqilmagan? Nega Facebook’dagi asossiz, nosamimiy izohlar öçirilib, adekvat fikrlar qoldirilmadi?
– Balki öşanday izohlarni öçirib, boşqalarini qoldirgan yaxşidir. Lekin Senat raisi özlari postni öçirganlar, nazarimda. Kimdir izohlarni filtr qilişi ham menimça yaxşi emas. Undan köra uni öçirgan yaxşi. Çunki bunday vaziyatda ijobiy izohlar qoldirilyapti, mana bunaqa izohlar öçirilayapti degan fikrlar yuzaga kelişi mumkin. Şu bois nazarimda post töliq öçirilgan.
– Post e’lon qilingan 5 sentabr kuni Toşkent köçalarida 10 balli tirbandliklar kuzatilgandi. Ayni öşa keça-kunduzda darsliklar ijarasi narxning qariyb 3 barobar oşirilgani eng köp muhokamalarga sabab bölib turgandi. Lekin Senat raisi avvalgi yillardan farqli ölaroq odamlarni qiynab turgan muammolarga kamroq e’tibor berayotgandek. Tirbandlik va darsliklar ijarasi böyiça ham na Senat raisi va na boşqa senatorlar munosabat bildirişmadi. Hozirgi Tanzila Norboyeva nima uçun avvalgi yillardagisiga öxşamayapti? Bu masalada qanday izoh bera olasiz?
– Savollaringiz örinli. Senatda faoliyat boşlaganimdan beri rais bilan deyarli har kuni yuzma-yuz uçraşaman. Sababi oçiqlik, şaffoflik masalalariga Senatda e’tibor juda yuqori. Ilgaridan yuqori bölgan, buni özingiz ham ta’kidlab ötdingiz.
Keyingi paytda dolzarb masalalarga nima uçun kam e’tibor berilyapti degan savolingizga kelsak, ötgan avgust oyida Toşkent şahrida ŞHTga a’zo davlatlar ayol rahbarlarining forumi bölib ötdi. Oliy Majlis Senatori bu tadbirning asosiy taşkilotçilaridan biri edi.
Bugungi kunda Senat raisining kun tartibi juda tiğiz. Ayrim masalalarga qandaydir ma’noda vaqt ajratişga imkoniyat bölmayotgandir, bu vaqt yetişmayotgani sababli deb bilaman. Senat raisi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimga e’tibori ança susayib qoldi deya bir neça marta ta’kidlab ötgandilar bungaça ham. Oldimizda turgan tadbirlarimizni ötkazib bölganimizdan keyin bu masalaga yana jiddiy e’tibor qaratişlarini aytgandilar.