Hujjatga köra, böş iş örinlari mavjudligi töğrisidagi ma’lumotlar iş beruvçi tomonidan mahalliy mehnat organiga har bir hisobot oyi oxiridagi holatga köra “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali elektron tarzda taqdim etiladi. Böş iş örinlari mavjudligi töğrisidagi ma’lumotlar böş iş örinlari milliy bazasiga kiritiladi.
Subsidiyalar: iş beruvçilarga mahalliy mehnat organlari yöllanmasi böyiça işga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlaş, qayta tayyorlaş yoki ular malakasini oşirişga doir xarajatlar örnini qoplaş uçun; nogironligi bölgan şaxslarni işga olgan iş beruvçilarni rağbatlantiriş uçun; kasanaçilikni taşkil etgan iş beruvçilarni rağbatlantiriş uçun ajratiladi.
Birinçi marta iş qidirayotgan, kasbga ega bölmagan şaxslar uçun dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan iş, bunday işni topib beriş imkoniyati bölmagan taqdirda esa, ular yoşi va boşqa xususiyatlarini hisobga olgan holda haq tölanadigan boşqa iş, jumladan vaqtinçalik xususiyatga ega bölgan iş uşbu şaxslar uçun maqbul keladigan iş deb hisoblanadi.
Bundan taşqari, agar şaxs malaka, bilim va könikmalarni baholaşdan ötkaziş yakunlariga köra 70 va undan yuqori ball olsa, unga uç kunlik muddatda malaka pasporti, agar 70 dan past ball olsa, malaka, bilim va könikmalar baholaşdan ötkazilgani töğrisida xulosa beriladi.











