Belgiya poytaxtida 12 sentabr, duşanba kuni Bryusselda 2016 yilda 32 kişi halok bölgan va yuzlab odamlar yaralangan qonli teraktlar işi böyiça yirik sud boşlandi. Hakamlar hay’ati belgiyaliklar xotirasida fojiali iz qoldirgan işning tafsilotlarini köp oylar davomida körib çiqadi.
2016 yilning 22 mart kuni IŞID guruhining uç nafar xudkuş-terrorçisi avval aeroportda, keyin esa Belgiya poytaxtining eng gavjum hududlaridan birida joylaşgan metro bekatida özini portlatib yubordi. Ön nafar sudlanuvçiga nisbatan ayblov e’lon qilingan, ulardan biri Suriyada vafot etdi.
Sakkiz nafar sudlanuvçi terroristik sabablarga köra 32 kişini öldiriş, terroristik sabablarga köra 695 kişini öldirişga uriniş va terrorçilik guruhi faoliyatida iştirok etişda ayblanmoqda. Töqqizinçi ayblanuvçi faqat terrorçilik guruhiga a’zolikda ayblanmoqda.
900 dan ortiq kişi da’vogar sifatida iştirok etadi. Sud jarayoniga jamoatçilik qiziqişi katta, şuning uçun u Bryussel şimoli-şarqidagi NATOning sobiq ştab-kvartirasi örnidagi binoda bölib ötmoqda. Jarayon olti oydan töqqiz oygaça davom etişi taxmin qilinyapti. Sönggi yillarda teraktlar qurbonlari, ularning fikriça, davlat yordami yetarli emasligidan bir neça bor şikoyat qilişgan.












