Rossiyada munitsipal deputatlarning mamlakat prezidenti nomaqbul xatti-harakatlari töğrisida e’lon qilgan yangi murojaati paydo böldi. Murojaatni peterburglik deputat Kseniya Torstrem e’lon qildi.

Moskva, Sankt-Peterburg va Kolpinoning 18 ta okrugi munitsipal deputatlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning iste’fosini talab qilib, ommaviy bayonot bilan çiqişdi. 12 sentabr, duşanba kuni murojaatni Sankt-Peterburgning «Semenovskiy» munitsipal okrugi deputati Kseniya Torstrem Twitter’da e’lon qildi. U boşqa munitsipal deputatlarni bayonotga qöşilişga çaqirdi.

«Biz, Rossiya munitsipal deputatlari, prezident Vladimir Putinning xatti-harakatlari Rossiya va uning fuqarolari kelajagiga zarar yetkazadi, deb hisoblaymiz. Biz Vladimir Putinning Rossiya Federatsiyasi prezidenti lavozimidan iste’foga çiqişini talab qilamiz!» – deyiladi 20 ga yaqin deputat imzolagan murojaat matnida. Torstremning ta’kidlaşiça, «murojaat matni ixçam» va heç kimni «obrösizlantirmaydi». 

Munitsipal deputatlarning şunga öxşaş bayonotlari ötgan haftada paydo böla boşladi. 7 sentabr kuni Sankt-Peterburg «Smolninskoye» munitsipaliteti deputatlar kengaşi Putinni davlatga xiyonat qilgani uçun lavozimidan çetlatiş çaqiriği bilan Davlat dumasiga murojaat yuborişga qaror qildi. Ular prezidentning qarorlari oqibatlarini buning alomatlari deb ataşgan: Rossiya armiyasi bölinmalarining yöq qilinişi, Rossiyaning yoş va mehnatga layoqatli fuqarolarining ölimi va jarohati, Rossiya iqtisodiyotiga zarar yetkaziş va NATOning kengayişi, şuningdek, Ukraina armiyasining zamonaviy Ğarb qurol-aslahalari bilan jihozlanişi, bu - uning «demilitarizatsiya» maqsadiga ziddir. 

Taşabbusni qöllab-quvvatlagan Sankt-Peterburg munitsipalitet deputatlaridan biri Nikita Yuferevning DW naşriga aytişiça, 8 sentabr kuni unga va «Smolninskoye» munitsipalitetining boşqa deputatlariga politsiyadan qönğiroq bölgan. Ularga nisbatan Rossiya armiyasini «obrösizlantiriş» böyiça protokollar tuzildi.

Bundan taşqari, 8 sentabr kuni Moskvaning «Lomonosovskiy» munitsipal okrugi deputatlari kengaşi Putindan iste’foga çiqişni söradi. Moskva mundeplari prezidentga e’lon qilingan murojaatida hokimiyat özgarişi mamlakatning muvaffaqiyatli rivojlanişi uçun muhim ekanligini yozadi, Putin uçun esa ikkinçi muddatdan keyin «hamma narsa qandaydir tarzda notöğri ketdi: YaIM ikki baravar oşmadi, minimal iş haqi e’lon qilingan raqamlarga kötarilmadi, aqlli va mehnatga layoqatli odamlar Rossiyani ommaviy tark etyapti, va’da qilingan barqarorlik körinmayapti».