Armaniston-Ozarboyjon çegarasidagi janglar fonida Armaniston Rossiya, Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga a’zo davlatlar, şuningdek, BMT Xavfsizlik kengaşidan yordam söradi. Yerevan Moskvadan ikki davlat örtasidagi Döstlik, hamkorlik va özaro yordam şartnomasini faollaştirişni söradi, deb xabar qildi 13 sentabr, seşanba kuni arman matbuoti.

Rossiya va KXŞTdan yordam söraş qarori Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan mamlakat Xavfsizlik kengaşi yiğilişini ötkazganidan söng qabul qilingan. Armaniston Mudofaa vazirligi Toşkent vaqti bilan soat 9:00 holatiga köra, Armaniston-Ozarboyjon çegarasida vaziyat nihoyatda keskinligiça qolayotgani, pozitsion janglar davom etgani haqida xabar berdi.

Vazirlikning iddao qilişiça, Ozarboyjon Vardenis, Sotk, Artaniş, Işxonasar, Goris va Kapan aholi punktlari yönalişida artilleriya, minomyotlar, uçuvçisiz uçiş apparatlari va yirik kalibrli öq otiş qurollarini işlatib, harbiy va fuqarolik infratuzilmasiga zarba bermoqda. Ön nafar yarador kasalxonaga yotqizilgan. Birozdan keyin boş vazir Paşinyan Ozarboyjon bilan bölgan janglarda 49 arman harbiy xizmatçisi halok bölganini aytdi. «Ammo şuni ham qayd etişim kerakki, bu raqam, afsuski, yakuniy emas», — deya qöşimça qildi Paşinyan.

Öz navbatida, Ozarboyjon Mudofaa vazirligi sodir bölayotgan voqealarda Armanistonni aybladi. Vazirlik ma’lumotlariga köra, Armaniston «keng kölamli provokatsiya»ni amalga oşirgan, Ozarboyjon armiyasi esa «öq otiş nuqtalarini zararsizlantirmoqda». Rasmiy Boku Ozarboyjonning Armanistonga bostirib kirişi haqidagi iddaolarni «absurd» deb atadi.

Ozarboyjon matbuoti manbalarga tayanib, Ozarboyjon va Armaniston Toşkent vaqti bilan soat 10:00 dan boşlab öt oçişni töxtatiş böyiça kelişib olganini xabar qilmoqda.

2020 yil kuzidagi uruş natijasida Ozarboyjon Toğli Qoraboğning deyarli yarmini öz nazoratiga qaytardi, qolganlarida esa Rossiya tinçlikparvar kuçlari joylaştirildi. Armanistonga Qoraboğdan qöşinlarini olib çiqiş buyurildi.