Bugun, 12 sentabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyevning Samarqand sammitiga bağişlangan maqolasi e’lon qilindi.

“Özbekistonning Şanhay hamkorlik taşkilotiga raisligi dunyo miqyosida şiddatli jarayonlar keçayotgan öziga xos “tarixiy evriliş” pallasiga töğri keldi – bir tarixiy davr nihoyasiga yetmoqda hamda başorat qiliş muşkul bölgan yangi bir davr boşlanmoqda”, – deyiladi maqolaning ilk satrlarida.

Şavkat Mirziyoyev xalqaro hamkorlikning universal prinsip va normalarga asoslangan tizimi izdan çiqib borayotganini qayd etgan. Prezidentning fikriça, buning asosiy sabablaridan biri şuki, davlatlar örtasidagi özaro işonç tanazzulga yuz tutyapti. Natijada geosiyosiy qarama-qarşiliklar kuçaytib, “bloklarga mansublik” stereotiplarining qayta tuğiliş xavfi ortyapti.

Prezident buning yeçimi sifatida ikkita narsani ilgari surgan va ularni maqola sarlavhasi uçun tanlagan. Bu ikki narsa – konstruktiv muloqot va hamkorlik. Asosiy şarti – bu şunday hamkorlik bölişi kerakki, unda har bitta tarafning manfaatlari hurmat qilinişi şart.

Mirziyoyev öz maqolasida ŞHTning asosiy prinsiplarini sanab ötgan. Soddaroq qilib aytganda, bular quyidagilar – ŞHT heç qanaqa blok emas, u heç kimga qarşi qaratilmagan, taşkilot a’zolari bir-birining tengligi va mustaqilligini hurmat qiladi, içki işlarga aralaşiş bölmaydi, siyosiy qarama-qarşiliklarga yöl qöyilmaydi.

Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimovning fikriça, bu maqolasi orqali prezident qisqa qilib aytganda bunday demoqçi:

“Ha, dunyoda geosiyosiy qutblaşuv ketyapti; ha, mintaqamiz borgan sari global raqobat va qudratli davlatlar manfaatlarining töqnaşuvi maskasiga aylanib boryapti; lekin Özbekiston tomonlardan birini tanlab, global ziddiyatlarga qöşiliş niyatida emas. Taşqi dunyoda qança tortişib, urişsangiz ham, Özbekistonni bu mojarolarga tortmang! Özbekiston özining köp vektorli va teng vektorli taşqi siyosiy yönalişini saqlab qoladi!”

Ma’lumot uçun, Şanhay hamkorlik taşkiloti dunyodagi eng katta mintaqaviy taşkilot hisoblanadi. 1996 yilda Xitoy, Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston Şanhay beşligini taşkil etişgan. 2001 yilga kelib, ularning safiga Özbekiston ham qöşilişi munosabati bilan yangi xalqaro tuzilma – Şanhay hamkorlik taşkilotiga asos solingan.