15-16 sentabr kunlari Samarqand şahrida Şanhay hamkorlik taşkilotining Özbekiston mezbonligidagi navbatdagi sammiti bölib ötadi. 

Şu munosabat bilan 14 sentabrdan 17 sentabrga qadar Samarqand şahrining ayrim köçalarida transport vositalarining harakati çeklanişi haqida xabar berilgan edi.

Soğliqni saqlaş vazirligi şu kunlarda şahar hududida tibbiy yordamni taşkil etiş böyiça quyidagilarni ma’lum qiladi.

Sammit kunlari davomida Samarqand şahrida tibbiy yordam 3 yönalişda taşkil etiladi:

  • tez tibbiy yordam körsatiş;
  • ambulator yordam körsatiş;
  • şifoxonada şoşilinç tibbiy yordam körsatiş. 

Şahar aholisiga 50 ga yaqin tez tibbiy yordam maşinasi va şunça tibbiy brigada jalb etilgan bölib, ular çaqiriqlar böyiça odatdagidek faoliyat olib boradi.  

Ambulator yordam körsatiş uçun Samarqand şahar tibbiyot birlaşmasiga qaraşli barça oilaviy poliklinikalarda odatdagidek soat 8:00 dan 20:00 gaça iş faoliyati olib boriladi.

Şuningdek, har bir mahalla fuqarolar yiğinida aholiga tibbiy xizmatni yaqinlaştiriş maqsadida oila şifokorlari va 2 nafar hamşiradan iborat tibbiy punktlar taşkil qilingan. Ular birinçi yordam uçun zarur dori-darmon vositalari bilan ta’minlangan bölib, bu orqali yengil darajadagi bemorlarga mahallaning özida ambulator yordam körsatiş ta’minlanadi.

Şoşilinç holatlarda «103» xizmatiga murojaat qilinadi.

«Alohida ta’kidlaş joizki, konservativ davolanişga muhtoj bemorlarga tuman şifoxonalarida ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatiş uçun viloyat şifoxonalarida faoliyat körsatuvçi malakali mutaxassislar jalb etiladi.
 
Bundan taşqari, şoşilinç va keçiktirib bölmaydigan holatlarda mobil tez tibbiy yordam brigadalari tomonidan viloyat şifoxonalaridan malakali mutaxassislar tuman va şahar birlaşmalariga yuborilib, şu joyning özida şoşilinç operatsiyalar ötkaziş imkoniyatlari yaratiladi.

Bu boradagi barça harakatlar vazirlik tomonidan Samarqand viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasida taşkil etilgan markaziy ştab orqali boşqarib boriladi», deyiladi xabarda.