Samarqand şahridagi Kongress markazida Ibrohim Raisiyni rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi.
Ikki mamlakat davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Eron prezidenti şarafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni kutib oldi.

Ikki mamlakat yetakçilari şohsupaga kötarildilar. Özbekiston va Eron davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar faxriy qorovul oldidan ötib, harbiy xizmatçilarni qutladilar. Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolari qatnaşdi.

Birgalikda suratga tuşişdan söng davlat rahbarlarining muzokaralari boşlandi.


Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning keng kölamli masalalarini körib çiqadi. Muzokaralar yakunida qator hujjatlar imzolanadi.
Ibrohim Raisiy Şanhay hamkorlik taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşining majlisida ham iştirok etadi.













