Samarqandga ŞHT sammiti oldidan oliy darajali mehmonlar yetib kela boşladi
|15:45 / 14.09.202228 8282 min
Ayni kunlarda nafaqat Özbekiston, balki butun mintaqa nigohi, e’tibori Samarqandga qaratilgan. Şanhay hamkorlik taşkilotining navbatdagi sammiti bu qadim şaharda ötkazilişi tufayli juda köpçilik Samarqand sari oşiqmoqda.
Samarqand bu muhim tadbirga töla tayyor. Bugun, 14 sentabrdan boşlab xorijiy mehmonlar, davlat rahbarlari yetib kela boşladi. Ilk mehmon Möğuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux böldi. Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovning Samarqandda ötkazilgan brifingda ma’lum qilişiça, ayni daqiqalarda BMT boş kotibi örinbosari Rozmari Di Karloning taşrifi kutilmoqda.
“Avval xabar berganimizdek, bugun Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning rasmiy taşrifi boşlanadi. U Samarqandga tuşdan söng yetib keladi, oliy darajadagi muzokaralar bugunning özida bölib ötadi. Uçraşuv yakunida savdo, kooperatsiya, innovatsiyalar, transport, energetika, turizm va boşqa yönalişlarda hujjatlar imzolanişi rejalaştirilgan.
Şuningdek, bugun kunning ikkinçi yarmida Xitoy raisi Si Tszinpin va Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovlar ham Samarqandga yetib keladi. Qolgan barça mehmonlar taşrifi esa ertaga, 15 sentabr kuni kutilmoqda.
Bu kuni köplab ikki tomonlama muzokaralar rejalaştirilgan. Keçga yaqin ŞHT sammiti norasmiy tadbirlari boşlanadi. Asosiy tadbir 16 sentabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida yangi turizm markazidagi Kongress hollda bölib ötadi.
Samarqand sammiti dolzarb mintaqaviy va global mavzularga boy kun tartibiga ega bölişi, uning yakunlari böyiça ŞHT doirasida köp tomonlama hamkorlikni yanada kuçaytiriş imkonini beruvçi muhim, tarixiy ahamiyat kasb etuvçi qarorlar va hujjatlar bölişi kutilmoqda.
Sammit ŞHT özaro boğliqlikdagi dunyoda oçiq va keng hamkorlikni ilgari suruvçi, davlatlar örtasida döstona, özaro teng huquqli va manfaatli serqirra aloqalarni kengaytirişga xizmat qilayotgan nufuzli taşkilot ekanini tasdiqlab berişi kutilmoqda” – deya Şerzod Asadov sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.