Şanhay hamkorlik taşkiloti sammiti boşlanişiga 2 kun qoldi. Bugun, 13 sentabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Samarqandga yetib keldi. Davlat rahbari dastlab Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Şundan keyin birinçi prezident Islom Karimov qabri ham ziyorat qilindi.
ŞHTdagi milliy koordinatorlarning bugungi yiğilişida Eron ortidan Belarusning ham tölaqonli a’zoligi töğrisidagi arizasi körib çiqildi. Bundan taşqari, sammitda oltita davlatga ŞHTning muloqot böyiça hamkori degan status berilişi ma’lum böldi. Bu davlatlar – Misr, Qatar, Saudiya Arabistoni, Bahrayn va Maldiv orollari. Oltinçi mamlakat nomi hozirça oçiqlanmadi.
Özbekiston vakili Rahmatilla Nurimbetovning aytişiça, Samarqand sammitida ŞHTning kengayişi böyiça juda katta muvaffaqiyatlarga erişiladi.
Nurimbetov sammitning asosiy hujjati – Samarqand deklaratsiyasida nimalar yozilgani haqida ham ma’lumot berdi. Unga köra, deklaratsiyada ŞHTni rivojlantiriş böyiça a’zo davlatlar qanday yondaşuvga kelişib olgani e’lon qilinadi. Bundan taşqari, hozirgi xalqaro va mintaqaviy vaziyat borasida taşkilotning pozitsiyasi körsatiladi.
Bugun, şuningdek, Kinematografiya agentligida ŞHT davlatlarining kinoforumi ötkazildi. Toşkentdagi kinoteatrlar va konsert zallarida ŞHT mamlakatlari kinosi kunlari boşlandi.
Soğliqni saqlaş vazirligi bergan xabarga köra, sammit mehmonlariga tez tibbiy yordam körsatiş uçun Samarqandda 1303 qisqa raqamli koll-markaz oçilgan. Mehmonlar tez yordamga qönğiroq qilişsa, göşakni çet tilini biladigan operatorlar kötaradi. Soğliqni saqlaş vazirligi 50 ta tibbiy brigada şay holatda ekani, ularning tarkibida deyarli hamma yönalişlardagi vraçlar borligini ma’lum qildi.
Şaharda transportlar harakatiga 4 kunlik çeklov ertadan kuçga kiradi. Şu kuni şaharga ilk mehmonlar taşrifi boşlanadi. Birinçi bölib Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va Xitoy raisi Si Jinping kelişi kutilyapti. Ularning taşrifi rasmiy va davlat taşriflari maqomiga ega, şu sabab kengaytirilgan formatdagi tadbirlar ham rejalaştirilgan.












