Ğarb sanksiyalariga qaramay, iyul oyida Rossiyada «tayyor metall buyumlar» işlab çiqariş ötgan oylardagi keskin pasayişdan söng, ötgan yilga nisbatan deyarli 30 foizga oşdi, deb xabar berdi Bloomberg 15 sentabr, payşanba kuni. Uning baholaşiça, harbiy işlab çiqariş, aftidan, Rossiya sanoati yuksalişiga hissa qöşib, iqtisodiyotning sanksiyalar fonida tahlilçilar prognoz qilganidan yaxşiroq rivojlanişiga yordam beryapti. «Boşqa maşina va uskunalar» işlab çiqariş ham muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Bularga kemalar, samolyotlar va zirhli texnikalar kiradi, deya qayd etgan agentlik.
Iyul oyidagi ma’lumotlar harbiy-sanoat kompleksidagi davlat buyurtmalari Rossiya işlab çiqarişini qöllab-quvvatlayotganini tasdiqlaydi, dedi Oxford Economics eksperti Tatyana Orlova. Bloomberg ma’lumotiga köra, «Uralvagonzavod»da mudofaa işlab çiqarişida band bölgan xodimlar 12 soatlik iş kuniga ötgan, agar xohlaşsa, şanba kuni ham sakkiz soatlik smenada işlaşi mumkin. «Agar uruş bölmaganida, işlab çiqariş sanoatining körsatkiçlari ança yomonroq bölar edi», dedi Orlova.
Iyul oyida prezident Vladimir Putin armiya uçun maxsus iqtisodiy çora-tadbirlar töğrisidagi qonunni imzoladi. Uning taklifiga köra, hokimiyat fuqarolar armiya ehtiyojlari uçun dam oliş kunlari va tungi vaqtda kompensatsiyasiz işlaşi kerak bölgan rejim örnatiş huquqiga ega.
Bloomberg agentligining ta’kidlaşiça, hukumat ba’zi asosiy statistik ma’lumotlarni e’lon qilişni töxtatib, oylik raqamlarni oşkor qilmaganidan söng, Rossiya iqtisodiyoti turli budjet moddalari, jumladan, mudofaa xarajatlari böyiça aniq ma’lumotlarni oliş yanada qiyinlaşdi.
Şu bilan birga, naşrning yozişiça, mudofaa sanoatining iqtisodiy tiklanişi qisqa muddatli bölişi mumkin, bu agar boşqa tarmoqlardan işçi kuçi kirib kelsa, sanksiyalar esa Rossiya harbiy maşinasini zaiflaştirib, uni butlovçi qismlar va texnologiyalardan mahrum qilsa yuz beradi. Şu bilan birga, Rossiya Ukrainadagi uruş hayot-mamot jangiga aylanib ketsa öz ehtiyojlarini qondira olişi aniq emas.
Avvalroq, 1 sentabr kuni Rossiya boş vazirining sobiq örinbosari Alfred Kox safarbarlik iqtisodiyoti inqirozning davosi ekani haqidagi sovet ittifoqi afsonasini töğri deb hisoblamasligini aytdi.
«Öylaymanki, Putin bölmasa ham, heç bölmaganda Nabiullina buni yaxşi tuşunadi va şuning uçun iqtisodiyotni safarbarlik holatiga ötkazişga yöl qöymaydi. Qurol-yaroğ sanoatini xohlagança boşqariş mumkin, ammo Rossiyada savdo va qişloq xöjaligi bozorga asoslangan va bu yaxşi, sababi kuçli oçarçilik xavfini kamaytiradi. Aslida, har qanday inqirozga töğri javob - bozorga çiqiş qobiliyatining oşişi, safarbarlik relslari esa - boşi berk köça», dedi Alfred Kox Vilnyusda.












