Rossiya davlat telekanallari frontda yuz berayotgan jiddiy özgarişlarni u yoki bu darajada inkor etişdi, biroq vatanparvarlik ruhidagi telegram kanallari «duşmanga taşabbus berib qöyilgani» uçun javobgarlarni qidirmoqda.
Ukraina harbiylarining Xarkivdagi faol qarşi hujumi sentabr oyining ilk haftasida boşlangan edi. 10 sentabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Balakliya va Izyum şaharlaridan çekiniş haqida e’lon qildi, ammo harbiy departament buni «Donetsk yönalişidagi harbiy harakatlarni kuçaytiriş uçun qöşinlarni qayta guruhlaş» deb atadi.
11 sentabr oqşomida Rossiya harbiylari Ukrainaning «muhim infratuzilma obektlariga» zarbalar berdi. Natijada beşta hudud töliq yoki qisman elektr energiyasiz qoldi.
Televizorda nima deyişdi?
Rossiya davlat kanallari harbiylarning Xarkiv oblastida çekinişi haqida juda oz va vazminlik bilan gapirdi.
«Vesti nedeli» («Rossiya 1»)
Dmitriy Kiselyov öz dasturining boşida çekiniş haqida gapirdi. U ötgan hafta uruş boşlanganidan beri «eng oğirlaridan biri» bölgani va «ayniqsa Xarkiv yönalişida qiyin bölganini, duşmanning ustun kuçlari hujumi ostida rus qöşinlari ilgari ozod qilingan aholi punktlarini tark etişga majbur bölişgani»ni aytdi.
Şu bilan birga, boşlovçi Ukraina armiyasi katta yöqotişlarga uçragani, rus qöşinlari vaziyatni barqarorlaştirişga va qamaldan qutulib qolişga muvaffaq bölganini ta’kidladi.
Kupyanskka qilingan hujum haqida batafsil töxtalib, Ukraina harbiylari boşqa narsalar qatori turar joy hududlarini öqqa tutgani va ularning qismlari asosan Ğarb yollanma askarlari nazoratida ekanligi aytildi.
Şuningdek, «Vesti nedeli»da Xerson oblastidagi harbiy harakatlar haqida ma’lumot berilib, Ukraina qöşinlari «hujum boşida erişgan muvaffaqiyatlarni mustahkamlay olmagani» (va göyo şu sababli «tinç aholini terror qilişni boşlagani») va özini özi mustaqil deb e’lon qilgan «LXR» hududida rus harbiylari hujumkor operatsiyalarni davom ettirayotgani aytildi.
Kiselyov, şuningdek, yangi bosib olingan aholi punktlarida ukrainalik harbiylar «filtrlaş» ötkazayotganini, «neonatsistlar» tinç aholini, ayniqsa, Rossiya pasportini olişga muvaffaq bölganlarni öldiriş bilan tahdid qilişayotganini aytdi. «Bularning barçasi juda açinarli», deb xulosa qildi boşlovçi.














