«Rus dunyosi» ğoyasining asosiy mafkuraçisi, Kremlga yaqin hisoblangan Aleksandr Dugin şu kunlarda e’lon qilingan intervyusida «uç qutbli dunyo» şakllanişi haqida gapirdi. Uning sözlariga köra, bu dunyoda Rossiya «kuç markazi»ga aylanişi va atrofdagi hududlarni öz nazoratiga olişi kerak.

«Barça narsa şiddat bilan özgarmoqda, ammo bizning maqsadimiz bu uç qutbli dunyoda eng muhim kuç markaziga aylaniş – suveren, erkin, mustaqil, ulkan. Va biz öz nazoratimizga olmagan barça hududlar betaraf hududlar bölib qolmaydi, ular şunday bir yoqimli, tinç Şveytsariya bölib qolmaydi», – degan u.

Duginning sözlariga köra, Rossiya nazorati ostida bölmaydigan hududlar AQŞ va Yevropa Ittifoqi, şuningdek, Xitoyning «forpostlari»ga aylanadi. «Ular yoki bizning yagona ittifoqimizning bir qismiga, yoki Ğarbning platsdarmiga aylanadi», – deydi nazariyotçi.

Şundan keyin Dugin milliy davlatlar davri «tugagani»ni aytib, Özbekiston va sobiq ittifoq tarkibida bölgan boşqa respublikalar suverenitetini amalda rad etgan.

«Şu sababli suveren Armaniston yoki suveren Gruziya yoki suveren Ozarboyjon, suveren Qozoğiston, suveren Özbekiston, Tojikiston, Qirğiziston mavjudligiga rozi bölib bölmaydi. Uşbu yangi modelda heç qanday suveren narsa mavjud bölişi mumkin emas. Tamom, suverenitet tugadi, milliy davlatlar ötmişda qoldi», – dedi u.

Ma’lumot uçun, Aleksandr Dugin – rossiyalik faylasuf va publitsist, neoyevrosiyoçilikning asosiy mafkuraçilaridan biri hisoblanadi. 

U Foreign Policy jurnali tomonidan 2014 yilda dunyoning eng nufuzli 100 nafar mutafakkiri röyxatiga kiritilgan. U Ilin nomidagi Oliy siyosiy maktabni hamda Xalqaro Yevrosiyo harakatini boşqaradi.

Dugin bir neça bor ultramillatçi va radikal qaraşlari (köplab tadqiqotçilar va huquq himoyaçilari tomonidan faşistik yoki faşizmga yaqin deb baholangan) uçun köp marta tanqidga uçragan. U «duşman» davlatlarga kuç işlatiş va ularni yöq qilişga çaqirişi, şuningdek, antiliberal, Ğarbga va Ukrainaga qarşi ritorikasi bilan tanilgan. DW ma’lumotlariga köra, u bir neça yildan beri Qozoğistonda persona non-grata deb e’lon qilingan.

Bundan oldinroq, rossiyalik yana bir propagandaçi Vladimir Solovyov Rossiya Ukrainada bölgani kabi Armaniston va Markaziy Osiyo davlatlarida ham «maxsus harbiy operatsiya» boşlaşi kerakligi haqida gapirib, buni «milliy xavfsizlikni ta’minlaş masalasi» deb atagan. Uning bu sözlari internetning özbek segmentida keng muhokamalarga sabab böldi. Xususan, «Yuksaliş» umummiliy harakat raisi Bobur Bekmurodov «bunday provokatsiyalar qöşnilarni duşmanga aylantirişini, Özbekistonda özini himoya qiliş uçun iroda ham, resurs ham, jasorat ham yetarli» ekanini ta’kidladi.