Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligi xabariga köra, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tibbiy xizmat körsatiş quyidagi tartibda amalga oşiriladi:
- tibbiy yordamga muhtoj oilalar boşqaruv ofisi tomonidan tegişli tibbiyot xodimini jalb qilingan holda örganiladi;
- örganiş natijasi böyiça kasalligi aniqlangan va tibbiy yordamga muhtoj oila a’zolari tibbiy körikdan ötiş uçun tuman (şahar) tibbiyot birlaşmasi köp tarmoqli markaziy poliklinikasiga yuboriladi;
- tibbiy körik natijasi yuzasidan körsatma böyiça oila a’zolari tuman (şahar) tibbiyot birlaşmasida statsionar yoki ambulatoriya şaroitda davolanadi;
- nogironlik belgilari aniq namoyon bölgan bemorlar belgilangan tartibda körikdan ötiş uçun tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.












