Toshkentda majburiy tartibda sudga olib ketilgan fuqaro va ichki ishlar xodimlari o‘rtasida mojaro yuz berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar xodimlari va fuqarolar o‘rtasidagi mojaro aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yil 10 avgust kuni N.B. va Z.A. Shayxontohur tumani Janggoh mavzesida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan o‘zaro janjallashib, jamoat tartibini buzishgan.
Holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida fuqaro N.B. chaqirilgan vaqtda ichki ishlar organlari xodimining IIBga ko‘rsatilgan muddatda kelish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini bajarmagan.
Yuqoridagi holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 183-moddasi va 194-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda ko‘rib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etilgan.
“Biroq, N.B. bir necha marotaba sud tomonidan chaqirtirilgan bo‘lishiga qaramasdan sababsiz sud majlisiga kelmagan. Sud tomonidan uni majburiy keltirish qarori chiqarilgan”, deyiladi IIBB xabarida.
Bildirilishicha, joriy yil 9 sentabr kuni fuqaro N.B. IIO xodimlari tomonidan majburiy tartibda sudga olib ketilayotgani holati videoda aks etgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi tomonidan fuqarolar N.B. va Z.A.ga nisbatan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Xodimlar harakati yuzasidan prokuratura tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:12 / 31.10.2024
“Xalqimizning soddaligi sabab bo‘lmoqda”- Toshkent shahar sudi raisi Panorama Airways ishiga to‘xtaldi
14:10 / 31.10.2024
Sudgacha sanatsiya qilish jarayonida davlat tomonidan yordam ko‘rsatiladi
18:06 / 17.10.2024
Qashqadaryoda sudya yordamchisi o‘zini ishdan bo‘shatgan sud raisi ustidan shu sudga da’vo kiritdi
11:08 / 17.10.2024