Keça Xitoy, Eron, Qirğiziston va Möğuliston yetakçilari yetib kelgandi. Bugun Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Pokiston, Ozarboyjon, Belarus, Turkiya, Qozoğiston va Hindiston rahbarlari Samarqandga taşrif buyurdi. Aksariyat mehmonlarni aeroportda Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. Qator davlat rahbarlari taşrifini Islom Karimov qabrini ziyorat qilişdan boşladi.

Kun davomida 14 rahbar orasidan ayniqsa Şavkat Mirziyoyevning iş jadvali juda tiğiz böldi. Özbekiston prezidenti ayni paytgaça oliy darajali mehmonlarning köpçiligi bilan ikki tomonlama muzokaralar ötkazib ulgurdi.

Xitoy raisi Si Jinping bilan bölgan tadbirlar alohida ahamiyatga ega. Davlat taşrifi maqomidagi anjumanda Şavkat Mirziyoyev Si Jinpingga oliy darajadagi “Döstlik” ordenini topşirdi. Rasmiy xabarlardan ma’lum bölişiça, Özbekiston va Xitoy hamkorligining 4 ta asosiy yönalişi – avtomobilsozlik, “yaşil” energetika, qişloq xöjaligi va infratuzilma böladi. Şu va boşqa yönalişlarda jami 15 mlrd dollarlik kelişuvlar imzolandi. Taqqoslaş uçun, oxirgi 5 yilda Xitoy Özbekistonga kiritgan investitsiyalar miqdori 10 mlrd dollar bölgan.

“Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temiryöli qurilişini boşlaş haqida uç tomonlama bitim imzolangani ayniqsa muhim voqea böldi. Ma’lumot uçun, hozirda Xitoy tovarlari Özbekistonga Rossiya va Qozoğiston orqali kirib keladi. Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyev va Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif özaro uçraşuvida Transafğon temiryöli qurilişini tezlaştiriş kerakligi ta’kidlandi. Şubhasiz, Xitoy va Pokistonga temiryölning ötişi dengizdan tösilgan Özbekistonga janubiy va şarqiy yönalişlarda juda katta imkoniyatlarni oçadi.

Şavkat Mirziyoyevning Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko bilan uçraşuvida ham logistikaga oid muhim yangilik yangradi. Ma’lum bölişiça, Rossiya va Özbekiston örtasida ötgan yili yölga qöyilgan “Agroekspress” loyihasiga Belarus ham qöşilişi mumkin. Bu – Belarus va Özbekiston örtasidagi ta’minot zanjirining işi tezlaşişini anglatadi.

Şavkat Mirziyoyevning tojikistonlik va qirğizistonlik hamkasblari bilan uçraşuvlarida asosiy mavzulardan biri energetika böldi. Imomali Rahmon bilan uçraşuvda Yavon GESi, Sadir Japarov bilan muloqotda esa Qambarota-1 GESini quriş işlarini tezroq boşlaş muhimligi qayd etildi.