“Afsuski sönggi paytlarda ayrim davlatlar, xususan Yevropa ittifoqining Rossiyaga nisbatan mantiqsiz sanksiyalari davom etmoqda. Bizga nisbatan kamsituvçi sanksiyalardan voz keçilişi lozim.

Men sözim isboti sifatida bir misol keltirmoqçiman. Bilamizki, Rossiya mineral öğitlarning yirik eksportyori hisoblanadi. Sanksiyalar kiritgan Yevropa ittifoqi bu mahsulotlarga nisbatan sanksiyalarni bekor qilganini bildirdi. Mineral öğitlar qançalik muhimligini yaxşi bilamiz. Biz bu qarorni qöllab-quvvatlaymiz albatta. Lekin hujjat bilan tanişsak ğalati jihat ma’lum bölmoqda – mineral öğitlarga nisbatan sanksiya faqat Yevropa ittifoqiga yetkazib beriş uçun yeçilgan ekan. Xöş, rivojlanayotgan davlatlar nima qilişsin?

Men ŞHT imkoniyatlaridan foydalanib BMTga bu masala yeçimi böyiça murojaat qilmoqçiman, boş kotib bilan ham gaplaşdim. Ayni paytda katta miqdorda mahsulotimiz töplanib turibdi. Agar sanksiyalar tölaqonli yeçilsa, biz rivojlanayotgan va muhtoj davlatlarga ma’lum miqdorda mineral öğitlarni bepul yetkazib berişga tayyormiz”, – deya Rossiya prezidentining sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.