Dastlab ŞHTga a’zo davlatlar rahbarlari tor doirada muzokara ötkazdi. Bu 8 rahbar qatoridan hozirça Eron joy olmadi. Sammit doirasida Eronning taşkilotga a’zo böliş uçun majburiyatlari töğrisidagi memorandum imzolandi. Şuningdek, Belarusni ham ŞHT a’zoligiga qabul qiliş jarayoni rasman boşlandi.

Jami imzolangan hujjatlar soni 44 ta. Ular orasida ŞHTga a’zo davlatlar örtasidagi özaro savdoda milliy valutalar uluşini bosqiçma-bosqiç oşiriş böyiça “yöl xaritasi”, taşkilotning keyingi 5 yillik rejasi va sammitning boş hujjati – Samarqand deklaratsiyasi ham bor.

8 ta davlat bu deklaratsiyani imzolaş orqali zamonaviy dunyoda beqarorlik ortib borayotganidan xavotir bildirdi. Ular dunyoda demokratiya va adolat ustuvorligi ortişi lozimligi, dunyo tartibi köp qutbli bölişi kerakligini ta’kidladi. Hujjatda, şuningdek, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, teng huquqliligi, içki işlarga aralaşmaslik, kuç işlatiş va tahdidlardan tiyiliş kabi prinsiplar hurmat qilinişi kerakligi yozilgan.

Samarqand deklaratsiyasi bilan ŞHT a’zolari bu taşkilotning heç qaysi bir uçinçi tomonga qaratilmaganini yana bir bor e’lon qildi. Bu masalaga Şavkat Mirziyoyev ham öz çiqişida alohida töxtaldi. Prezident ŞHTning bloklarga qöşilmaslik maqomini saqlab qoliş muhimligini aytdi. Özbekiston yetakçisi iqtisodiy hamkorlik, transport, xavfsizlik, Afğoniston va ekologiya masalalarida bir neçta takliflarni ilgari surdi.

Şundan keyin sammitning kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi. Unda a’zo davlatlardan taşqari, kuzatuvçi va hamkor maqomidagi rasmiylar hamda faxriy mehmonlar ham qatnaşdi. Ayni şu yiğiliş davomida tojik-qirğiz çegarasidagi vaziyat alohida xavotirli tus oldi. Ikki mamlakat çegaraçilari örtasida sammitdan oldin ham qisqa otişmalar röy bergan edi, lekin aynan bevosita anjuman davomida ança jiddiy qurolli nizo röy berdi. Qirğiziston tomoni Tojikiston çegaraçilarining oğir artilleriya, xususan birvarakayiga öt oçiş tizimlaridan foydalanayotganini ma’lum qilib, çegaradagi bir neçta qişloqlarni egallab olişga urinişda aybladi.

Tomonlar bir neça marta öt oçişni töxtatişga kelib olişgan, xususan sammitdan keyin Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon ana şunday kelişuvga erişgan bölsa-da, bu kelişuvlardan keyin ham çegaradagi vaziyat butkul barqarorlaşgani yöq.