Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Hindiston boş vaziri Narendra Modining Samarqanddagi ŞHT sammiti doirasida ötkazilgan uçraşuvida Ukraina mavzusi tilga olindi, deb xabar berdi Reuters.
«Hozir uruş davri emas va siz bilan bu haqda telefon orqali gaplaşgandik»,- deya Modining sözlaridan iqtibos keltirgan agentlik.
Öz navbatida Putin Modiga Hindiston rahbarining Ukraina borasidagi xavotirlarini tuşunişini va Moskva nizoga tezroq yakun yasaş uçun bor imkoniyatini işga solişini aytdi. Şu bilan birga Ukraina muzokaralarni rad etayotganini qöşimça qildi.
«Ukrainadagi nizo böyiça pozitsiyangizni, doimiy bildirayotgan xavotiringizni bilaman. Biz buni tezroq töxtatiş uçun bor imkoniyatimizni işga solamiz.
Afsuski, qarama-qarşi tomon — Ukraina rahbariyati — muzokaralar jarayonidan voz keçişini aytmoqda, ular öz maqsadlariga harbiy yöl bilan erişmoqçi ekanliklarini e’lon qilişgan. Ularning ta’biri böyiça, jang maydonida. U yerda bölayotgan voqealar haqida sizni xabardor qilib turamiz», - dedi Putin.













