Rossiya Adliya vazirligi rossiyalik artist Maksim Galkinni «xorijiy agent» vazifasini bajaruvçi jismoniy şaxslar röyxatiga kiritdi. Bu haqda 16 sentabr, juma kuni vazirlik saytidagi reyestrda ma’lumot paydo böldi. Adliya vazirligi xulosasiga köra, Galkin siyosiy faoliyat bilan şuğullanyapti va xorijiy manba - Ukrainadan yordam olyapti.
Maksim Galkin jismoniy şaxslar - «xorijiy agentlar» röyxatiga kiritilgan 23-şaxs böldi. U bir neça bor Rossiyaning Ukrainaga qurolli bosqinini oçiqçasiga tanqid qildi. 24 fevralda - harbiy harakatlar boşlanganidan söng, u şunday deb yozgan edi: «Men nima his qilayotganimni söz bilan ifodalay olmayman! Qanday qilib bularning barçasi yuz beryapti». Keyinçalik Galkin konsert berişni boşladi, ulardan tuşgan mablağlar ukrainalik qoçqinlarga yordam beriş uçun yuborildi.
Rossiya federal telekanallari Galkin bilan hamkorlik qilişdan boş tortdi. Uning örniga Nikolay Tsiskaridze «Birinçi kanal»dagi «Segodnya veçerom» dasturining boşlovçisiga aylandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov sentabr oyi boşida Galkin «juda yomon bayonotlar» bergani va «ular bir yölda emasligi aniq»ligini aytib ötdi.
Maksim Galkin va uning rafiqasi Alla Pugaçyova Rossiyani mart oyi boşida tark etdi. Xonanda Isroilga davolaniş va dam oliş uçun ketganini tuşuntirib, butunlay ketmoqçi emasligini aytdi. Pugaçyova, Galkindan farqli ölaroq, uruş haqida ommaviy bayonotlar bermadi. U avgust oyida mamlakatga qaytdi, Galkin hali ham çet elda.
Rejissyor Nikita Mixalkovning tanqidiga javoban Anna Pugaçyova özi iştirokidagi «Muhabbat quli» filmi boş qahramoni sözlari bilan javob qaytardi: «Janoblar, janoblar, siz - hayvonlarsiz. Janoblar, yurtingizning qarğişiga duçor bölasiz, askarlar».












