AQŞ prezidenti Jo Bayden Rossiya rahbari Vladimir Putinni Ukrainada kimyoviy yoki taktik yadro qurolidan foydalaniş fikridan voz keçişga çaqirdi.
"Kerak emas. Kerak emas. Kerak emas. Siz uruşning qiyofasini özgartirib yuborasiz", - dedi Bayden CBS telekanaliga bergan intervyusida “Putin ana şunday imkoniyat haqida öylaganda unga nima degan bölardingiz” degan savolga javoban.
Şu bilan birga, Bayden Rossiya şunday yöl tutgan taqdirda AQŞning javobi qanday bölişi haqidagi savolga aniq javob aytmadi.
"Agar nima bölişini bilganimda sizga aytarmidim? – dedi u jurnalist Skott Pelliga. – Albatta aytmayman. Buning oqibatlari bor".
Uning qöşimça qilişiça, Rossiya Ukrainada kimyoviy yoki taktik yadro qurolini qöllaydigan bölsa, "avvalgidan ham battar quvğindiga aylanadi".
17 sentabr kuni Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarning Moskva Ukrainada yadro qurolidan foydalanişi mumkinligi töğrisidagi savoliga "Doktrinani öqing. Unda hammasi yozilgan", deb javob qaytardi.
Doktrinada Rossiya yadro qurolidan unga yoki ittifoqçilariga yadro quroli bilan hujum qilingan taqdirda foydalanişi mumkinligi aytilgan.












