"Biz "Şanhay beşligi" a’zosi emasmiz. Biz bu yerga (Samarqandga) mezbon Özbekistonning taklifi bilan maxsus mehmon sifatida keldik. Tabiiyki, janob Şavkat Mirziyoyev bilan alohida munosabatlarga egamiz. Ana şu munosabatlar tufayli u meni va janob Ilhom Aliyevni bu yerga maxsus mehmon sifatida taklif qildi", dedi u.
Turkiya prezidenti jarayon böyiça navbatdagi qadam qöyilişini aytdi.
"Bu qadam Hindiston mezbonligida ötadigan kelgusi muzokaralarda kun tartibiga qöyilişi mumkin. A’zo böliş yoki bölmaslik – bular boşqa-boşqa narsalar, ammo aynan mana şu qadam orqali bu mamlakatlar bilan munosabatlarimiz mutlaqo boşqa bosqiçga çiqadi", - dedi Erdöğan.
ŞHTga 2001 yilda asos solingan. Hindiston, Qozoğiston, Xitoy, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va Özbekiston taşkilot a’zolari hisoblanadi. Afğoniston, Belarus, Eron va Möğuliston - kuzatuvçi davlatlar, Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya va Şri-Lanka - hamkor davlatlar.
ŞHTning navbatdagi 22-sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqand şahrida ötkazildi.
Sammit doirasida Eronning taşkilotga a’zo böliş uçun majburiyatlari töğrisidagi memorandum imzolandi. Şuningdek, Belarusni ham ŞHT a’zoligiga qabul qiliş jarayoni rasman boşlandi.
Jami 44ta hujjat imzolandi.














