Tovuşni söndiruvçi qurilma

Yaponiyaning Shiftall kompaniyasi odamlar gavjum joyda şaxsiy suhbatlar uçun tovuşni söndiruvçi qurilma ixtiro qildi.

Foto: Shiftall 

“Mutalk” deb ataluvçi qurilma bilan gavjum joylarda ham odamlar şaxsiy telefon suhbatlarini ötkaziş mumkin. Sözlaşuvçining yonginasidagi odam ham qurilma egasi nimalarni gapirayotganini eşita olmaydi.

Qurilma suhbatdoş faqat foydalanuvçining ovozini eşitişi uçun fondagi şovqinni ham yöq qiladi. U noutbuk yoki smartfonga Bluetooth orqali ulanadi.

Foto: Shiftall 

Uşbu gadjet noyabr oyining oxiridan boşlab 19 900 iyena yoki 139 dollardan sotuvga çiqarilişi kutilmoqda.

Yangilangan Chevrolet Monza

Yaqin kunlarda Xitoyda yangilangan Chevrolet Monza sotuvlari boşlanadi. Bir vaqtlar Sruze modeliga arzonroq muqobil sifatida işlab çiqarilişi boşlangan uşbu sedan taşqi va içki tomondan töliq takomillaştirilgan va hattoki narxi ham arzonlaşgan.

Foto: Chevrolet
Foto: Chevrolet

Yangilangan Monza narxi allaqaçon ma’lum qilingan. Avtomobilning eski versiyasi 16 200 dollardan sotilgan bölsa, hozirda taklif etilayotgan yangi versiya 13 700-15 700 dollar oraliğida sotuvga çiqariladi. 

“Aqlli” yostiq

Xiaomi özining yangi mahsuloti – Smart Pillow’ni