“Davlat bu – katta oila. Uning a’zolari sizning birodarlaringizdir. Kambağallarning muvaffaqiyatsizligiga qisman yuqori qatlamning e’tiborsizligi va beparvoligi sabab böladi”. Bu jumla rus yozuvçisi Grigoriy Petrovning “Oq nilufarlar yurtida” kitobidagi qahramon Snelmanga tegişli.

Muallif haqida qisqaça

19 asrning oxiri va 20 asrning boşlarida yaşagan yozuvçi Grigoriy Petrov Yevropa böylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini örganadi. Uning maşhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakaçilikda yaşagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvçi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida özini anglayotgan, hayotini yaxşilaşga urinayotgan finlar bilan suhbatda bölgan. Uzoq yillar Şvetsiya va Rossiyaning qarami bölgan Finlandiya 1917 yilda öz mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda şu davrgaça bölgan hayot haqida söz boradi. Asarda odamlar hayotini yaxşilaşga bel boğlagan qahramonlar va ular tutgan yöllar haqida bayon qilinadi.

16 marta turk tiliga tarjima qilingan

“Oq nilufarlar yurtida” 1923 yilda serb tilida naşr qilingan. Hayotini özgartiriş istagida işonçli yöl qidirayotgan xalqlar uni öz tillariga tarjima qila boşlaşadi. Jumladan, u 14 marta bolgar va 16 marta turk tiliga tarjima qilingan. Kitob öşa paytda Turkiyada harbiy xizmatdagi yoşlar öqiydigan kitoblar tarkibiga ham kiritilgan. Asar juda katta emas, jami 100-110 sahifadan iborat. Va kiçik-kiçik 17 qismga bölingan bölib, ularda Finlandiyani kim, qaysi yönalişda, qanday qilib isloh qilişni boşlagani haqida gapiriladi.

Asarning ingliz, rus va turk tillardagi elektron variantlarini google qidiruv tizimidan topib öqişning imkoni bor. Şuningdek, kitob Niyat Suntonmurodov tarjimonligida özbek tiliga ham tarjima qilingan va bu özbek kitobxonlari uçun foydali bölganini e’tirof etiş kerak. Özbek tilidagi variantda kitob boşlanişida Finlandiyaning tarixi haqidagi ma’lumotlar kitobxonda mamlakat haqida yaxlit tasavvur paydo bölişiga yordam beradi. Bundan taşqari, finlarning bugungi muvaffaqiyatlari, ta’limda tutgan yöli bilan Özbekiston soliştirilgani ham kitobni jonlantirgan. Biroq bu tarjima ayrim ğalizliklardan xoli emas. Şu sabab kitob qayta tarjima qilinib, naşr etilsa, foydadan xoli bölmasdi.

Snelmanning xizmati nimada edi?

Bugun Finlandiyani dunyo e’tirof etişida fin faylasufi, yozuvçi va diplomati Johan Vilhelm Snelmanning örni benihoya katta. Finlandiya rivojlanişi va Snelman sözlari sinonim bölib ketgan. Hatto mamlakatda har yili 12-mayni Snelman kuni deb bayram qilişadi. “Oq nilufarlar yurtida” kitobi ham Snelman hayoti haqida hikoya qiladi. Xöş, Snelmanning xizmati nimada edi?