51 ming post va 340 million qamrov – ShHT Samarqand sammiti telegram kanallarda qanday yoritildi?
1-18 sentabr oralig‘ida dunyo OAVining telegram sahifalarida ShHT Samarqand sammitiga doir 51 mingdan ortiq post qoldirildi. Ushbu xabar va maqolalar 340 milliondan ortiq foydalanuvchilarni qamrab olgan. Kun.uz nashrining rasmiy telegram kanali dunyoda ShHT Samarqand sammitiga doir postlar va ularning qamrovi bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti OAVlarning telegramdagi sahifasida yoritilishi bo‘yicha raqamlar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 2022 yil 1 sentabrdan 2022 yil 18 sentabrga qadar 6 ta tilda sammit tadbirlariga doir 51 ming 670 ta post qoldirilgan.
Ushbu postlar dunyo bo‘ylab 340 milliondan ortiq telegram foydalanuvchilarini qamrab olgan.
Mamlakatlar bo‘yicha solishtirganda, ShHT sammiti bo‘yicha eng ko‘p telegram post O‘zbekiston OAVlari tomonidan qoldirilgan – 26 ming 311 ta post. Jami postlarning qamrovi 144,6 milliondan oshadi.
Keyingi o‘rinda Rossiya telegram kanallari – 18 ming 648 ta post, qamrovi 146,2 milliondan ortiq. Keyingi o‘rinlarda Eron (4300 ta / 40,7 million), Belarus (1546 ta / 5,2 million), Qozog‘iston (613 ta / 2,7 million) va Qirg‘iziston (252 ta / 469 ming) OAVlari telegram kanallarida e’lon qilingan postlar turibdi.
Ushbu mamlakatlar OAVlari orasida 1-18 sentabr holatiga ShHT Samarqand sammitiga doir eng ko‘p post Kun.uz internet nashri tomonidan qoldirilgan – 41 ta. Postlarning qamrovi bo‘yicha ham nashr mutlaq yetakchi – 14, 9 million martadan oshiq ko‘rilgan.
Rossiyada esa eng ko‘p post RIA Novosti agentligining telegram kanalida qoldirilgan – 10 ta. Ularning qamrovi 5,3 milliondan oshadi.
Eron OAVlarining telegram kanallari orasida Khabarfouri birinchi o‘rinda – 28 ta post, 4,7 milliondan ortiq qamrov.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas O‘zbekistonga keladi
Jahon | 23:50 / 26.03.2025
-
Alyaskada samolyot muzlagan ko‘l ustiga quladi. Uning ichida bo‘lgan oila 12 soatdan keyin qutqarildi
Jahon | 23:36 / 26.03.2025
-
AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 23:34 / 26.03.2025
-
Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi bo‘yicha sud qilinadi
Jahon | 22:57 / 26.03.2025
Mavzuga oid

11:29 / 25.03.2025
«Oq uy meni o‘z harbiy rejalari bilan tanishtirdi». Jurnalistni tasodifan maxfiy harbiy chatga qo‘shib qo‘yishdi

22:47 / 08.03.2025
ShHT sammiti Xitoyning Tyanszin shahrida kuzda bo‘lib o‘tadi

19:50 / 05.03.2025
Prezident ShHT bosh kotibi bilan Xitoydagi sammitga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qildi

20:53 / 26.02.2025