Kreml Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşiş uçun «köngillilar» deb ataluvçi şaxslarni yollaşga katta e’tibor qaratmoqda, ular orasida yollanma askarlar, mahbuslar va hatto kazaklar bölinmalari ham bor, deb yozadi Amerika uruşni örganiş instituti (ISW) duşanba, 19 sentabr kuni öz hisobotida. Şu bilan birga, Putin oliy harbiy qömondonlik roziligisiz «köngillilar»ning uruşda iştirok etişi böyiça qarorlar qabul qilyapti, bu esa prezident va Rossiya Mudofaa vazirligi rahbariyati örtasidagi munosabatlarni yomonlaştirmoqda.
ISW ma’lumotlariga köra, Putin Ukraina Qurolli kuçlari Xarkiv oblastidagi qarşi hujumda muvaffaqiyat qozonganidan söng safarbarlik yöli bilan Rossiya muntazam qöşinlari zaxiralarini töldirişga umid boğlaş örniga «köngillilar»ni yollaş va «qöğirçoq tuzilmalar» bilan işlaşga köproq e’tibor bera boşladi. Ammo bundan oldin ham prezident ba’zi harakatlarni qömondonlik bilan muvofiqlaştirmagan - butun yoz fasli davomida.
Institutning ta’kidlaşiça, uruşda qatnaşiş uçun yollaş ham mahbuslar orasida, ham kazaklar bölinmalarida, ham Rossiya huquqni muhofaza qiliş organlarida amalga oşirilmoqda. Ayni paytda, Ukrainaning Donetsk va Lugansk oblastlarining bosib olingan hududlarida erkaklarni majburiy safarbar qiliş kuzatilmoqda. ISW ma’lumotlariga köra, şu tarzda yiğilgan armiya korpuslari samarasiz böladi va ularni birlaştiradigan yagona narsa bu - «armiya va jangovar tayyorgarlikning mutlaqo yetişmasligi».
Bunday bölinmalarning şakllanişi Rossiya qöşinlarida mutaxassislar kuzatayotgan kuçli keskinlikni, tengsizlikni va birdamlik yöqligini yanada kuçaytirişi mumkin. Şu tariqa, ISW ma’lumotlariga köra, jangçilar Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan va’da qilingan imtiyozlarni olmayapti, «DXR» va «LXR» askarlari bir-birlarining hududlari uçun jang qilişdan boş tortişyapti, çeçen rahbariyati tomonidan boşqariladigan bölinmalarda esa sezilarli etnik kamsitiş mavjud.
Professional harbiy xizmatçilar yollangan mahbuslar orasida xulq-atvor bilan boğliq muammolarga duç kelişlari mumkin, deydi ekspertlar. Ular koloniyalarda mahbuslar harbiy xizmatga yollanayotgani haqidagi xabarlarga şunday munosabat bildirdi.
Iste’fodagi rossiyalik zobitlar Kreml qarorlarini tanqid qilib, «köngillilar» örtasida intizom yöqligini bildirdi, bu esa professional harbiy xizmatçilar bilan ziddiyatga olib kelişi mumkin. Şu bilan birga, şoşilinç öqitilgan bölinmalarning şakllanişi rus qöşinlari qudratini oşirişga unçalik ta’sir qilmaydi, çunki «köngillilar» frontga kelgani haqidagi köplab xabarlarga qaramay, Rossiya ular iştirokida heç qanday operatsiya ötkaza olmayapti.













