O‘zbekiston | 08:37 / 19.09.2022
1968
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Belarus chiqindilarni qayta ishlash sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi tomonidan Zarafshon shahar hokimi Nazir Rahmonov va “Sifaniya-ekotexnika” xususiy korxonasi direktori Aleksandr Sobolevskiy o‘rtasida Zarafshonda maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish borasida video-konferensiya uchrashuvi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Kun.uz

Zarafshon shahar hokimi bugungi kunda shaharda chiqindilarni qayta ishlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va bu boradagi masalalar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi, ushbu yo‘nalishda mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida axborot berdi.

“Sifaniya-ekotexnika” xususiy korxonasi vakillari chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha yuqori tajribaga ega ekani, bugungi kunda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan uskunalar maishiy chiqindilarni 70 foizgacha chuqur qayta ishlash imkoniyatini berishi to‘g‘risida va korxona 17 ta mamlakatda o‘z uskunalarini o‘rnatib, faoliyat yuritib kelayotganini bildirdi.

Videomuloqot yakunida “Sifaniya-ekotexnika” xususiy korxonasi vakillaridan iborat ishchi guruh shu yil yakuniga qadar Zarafshon shahriga amaliy tashrif buyurishini va yuqorida qayd etilgan yo‘nalishda hamkorlikni rivojlantirish istagini bildirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid