«Bravo, Alla Borisovna!», «Allaga hurmat», «Alla Pugaçyovaning köp yillardagi eng yaxşi ijrosi» - rusiyzabon ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari taniqli qöşiqçining «Rossiyani quvğin qiliş va fuqarolari hayotini qiyinlaştirib qöyiş» xayoliy maqsadlari uçun yigitlar ölimini töxtatiş»ni söragan turmuş örtoği, artist Maksim Galkin bilan birdam ekani va «xorijiy agentlar» qatoriga özini ham qöşişni söragani haqidagi bayonotiga şunday reaksiya bildirdi. Bir neça soat içida, 18 sentabr, yakşanba oqşomida Alla Pugaçyovaning 3,4 million obunaçisi bölgan Instagram sahifasidagi uşbu posti yarim milliondan ortiq «layk» töpladi.
Pugaçyovaning turmuş örtoği Galkinni qöllab-quvvatlagan bayonotida «Ukraina» sözi yöq, biroq foydalanuvçilar aksariyati buni aynan Rossiyaning qöşni davlatga bostirib kirişini tanqid qiliş sifatida qabul qildi va xonandaning bu qadamini yuqori baholadi.

Ba’zi ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari baho berişda nisbatan sovuqqon böldi. Pugaçyovaning Ukrainadagi uruşga umuman qarşi çiqmagani, faqat «erini qöllab-quvvatlagani» va öz postini «iloji boriça tuşunarsiz» yozganini ta’kidlagan uşbu foydalanuvçilar uning uruşga munosabatini «yarim yil kutişga töğri kelganini» aytişdi.
Şu bilan birga, Pugaçyovaning bayonoti köplab internet foydalanuvçilarining tanqidiga sabab böldi, ular qöşiqçini xiyonatda aybladi.
Qöşiqçining sözlariga nafaqat oddiy foydalanuvçilar, balki köplab rossiyalik siyosatçilar, san’atkorlar va boşqa taniqli şaxslar ham munosabat bildirişdi.
Hozir Fransiyada bölgan aktrisa va rejissyor Renata Litvinova özining Telegram-kanalida «Alla, senga hurmatim çeksiz», deb yozdi.
«Alla Pugaçyova söz erkinligi uçun, qatağon va uruşga qarşi çiqdi. Yovuz kuçlarga qarşi million qizil atirgul», - deya qöşiqçini qöllab-quvvatladi advokat va huquq himoyaçisi Pavel Çikov Twitter sahifasida.
«Putin kim? Alla Pugaçyova davridagi mayda siyosatçi», - deya ta’kidladi muxolifatçi siyosatçi Dmitriy Gudkov Twitter sahifasida.
Sankt-Peterburg qonunçilik yiğilişining 5- va 6-çaqiriq deputati Maksim Reznik «Pugaçyova qözğoloni rejimning qulaşiga olib keladi» degan fikrni bildirgan, rossiyalik iqtisodçi, professor Maksim Mironov esa Twitter’da Alla Borisovna uning 2024 yilgi Rossiya prezidentligiga saylovlarda nomzodi ekanini ma’lum qildi.













